Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent
1924 yil 18 avgustda Namangan shahrida tavallud topgan.1931 - 1941 yillarda Namangan shahridagi 5 - o‘rta maktabda tahsil olgan. I.Inomov 1950 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini tugatgandan umrining oxirigacha shu institutda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1958 - 1963 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademyasi Matematika institutida professor M. I. Eydelnant rahbarligida aspiranturada o‘qidi va 1964 yilda “Aralash bo‘lmagan baholash metodining statistik qabul kontroliga bazi tatbiqlari” degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Dotsent I. Inomov 20 dan ortiq ilmiy maqola elon qilgan, ulardan 8 tasi matematika o‘qitsh metodikasi va oliy maktab pedagogikasga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi. Ikkinchi Jahon urushida ko‘rsatgan jasoratlari uchun ordan va medallar bilan mukofotlangan.