O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Inomova Mavluda

    Inomova Mavludaxon Abdullayevna 1948-yil 20-yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1966-yil shahardagi 7-o‘rta maktabni tamomlagan. Kelajakda rus tili va adabiyotidan mutaxassis bo‘lishni niyat qilib 1966- yilda Namangan Davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kiradi. Uni 1971- yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. So‘ng shahardagi 13-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Bir necha yil Moskvadagi pedagogika fanlari akademiyasi «RYaNSh» ilmiy-tekshirish instituti aspiranturasida tahsil oladi. 1978-1980-yillarda Inomova Mavluda Namangan to‘qimachilik bilim yurtida o‘qituvchilik qiladi. Qator yillik ilmiy izlanishlari natijasida 1979- yil nomzodlik ishini himoya qiladi, pedagogika fanlari nomzodi, keyinroq dotsent unvonini oladi. 1980-1982- yillar mobaynida u Toshkent Davlat pedagogika institutining Namangan filialida (hozirgi NamPI) o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritdi. 1982-1987- yillarda umumta’lim fanlar kafedrasiga mudirlik qildi. Tirishqoq va talabchan Mavludaxonni tez orada «Tillar» kafedrasiga rahbar etib tayinlashdi. U turli tadbirlar uyushtirishda bosh-qoshlik qildi. Izlandi. Ulug‘ alloma az- Zamaxshariy aytgan ekan: «Savdogarning shuhrati va obro‘-e’tibori kissasida, olimning shuhratiyu obro‘- e’tibori yozgan kitoblarida, asarlarida». Ilm yo‘lini tutgan, olimlikni havas etgan M.Inomovaning shu kunga qadar qirqdan ziyod ilmiy-uslubiy izlanishlari, maqolalari chop etilgan.Talabalarning eng jonkuyar ustozi, ularga onadek mehribon bo‘lgan olima ayolning ilmiy izlanishilariga omad yor bolsin



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar40



Filologiya20