1948 - yil 20 - yanvarda Namangan shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1955 - yili shahardagi M. V. Lomonosov nomli 7- o‘rta maktabga o‘qishga kirib, 1966 - yili 11- sinfni tamomlagan.
1966 - yili Namangan davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, 1971 yili tamomlagan va rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligini egallagan.
Mehnat faoliyatini shu yili Namangan shahridagi 13 - o‘rta maktabda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
1973 — 1978 yillarda Moskvadagi Pedagogika fanlari akademiyasi qoshidagi Milliy maktablarda rus tilining o‘qitilishi ilmiy - tekshirish institutida avval stajyor - tadqiqotchi bo‘lib ishlagan, so‘ngra aspiranturasida tahsil olgan.
1978 - yilda mazkur institutning Ixtisoslashtirilgan kengashida “O‘zbek maktablarining boshlang‘ich sinf lari uchun rus tili darsliklarini takomillashtirish yo‘llari va tarixi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini egalladi.
1978 — 1980 yillarda Namangan to‘qimachilik texnikumida rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.
1980 — 1982 yillarda TashPIning Namangan filiali (hozirgi NamMPI) o‘qituvchisi, 1982 — 1987 yil- larda umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi.
1988 - yili esa dotsent ilmiy unvonini olgan.
1987 — 2000 yillari esa institutning tillar kafedrasiga rahbarlik qildi.
Olima o‘z ilmiy va pedagogik faoliyati davomida 40 dan ziyod ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlarni chop ettirgan.
2000 - yildan hozirgacha chet tillar kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.