O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Irisqulov Sultonboy Sobirqulovich

Irisqulov Sultonboy Sobirqulovich    Sultonboy Sobirqulovich   Irisqulov 1955 yil  17 iyulda Namangan  viloyati  Yangiqo‘rg‘on  tumani Nanay qishlog‘ida ishchi  oilasida  tug‘ilgan.
    1962 - 1972 yillarda  Nanay qishlog‘idagi  54 -  o‘rta  maktabda o‘qigan.
    1972 - yilda Toshkent davlat  universitetining  amaliy matematika va mexanika fakultetiga  o‘qishga kirib, 1977 yilda  tamomlagan va matematika - dasturchi  ixtisosligini egallagan.
    S.S.Irisqulov mehnat faoliyatini 1977 yili O‘zFA “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida muhandis - dasturchi lavozimida boshlagan.
    1980 - 1992 yillarda Toshkent politexnika institutining amaliy matematika kafedrasida assistent, keyinchalik katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 1992 yildan buyon esa Namangan muhandislik - pedagogika institutining informatika va axborotlar texnologiyasi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.
    S.S.Irisqulov mustaqil izlanuvchi sifatida “Qalin qobikdarning hisob ishlarini bajarish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi va 1991 yilda shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    Mehnat faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. 2003 yili dotsent P.Karimov va katta o‘qituvchi A.Isaboyevlar bilan hammualliflikda kasb - hunar kollejlari uchun “Dasturlash” fanidan o‘quv qo‘llanmasi tayyorlab, chop ettirdi.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5