O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Isayeva Guli Parpiyevna

    Olimaning suyanch tog‘lari
    Baland dovon sari ko‘tarilmoq aslida mashaqqat.
    Agar dovondan oshgan kishi ortga qaytsa erishilgan yutuqlarni boy berib  qo‘yishi mumkin.
    Demak faqat  ilgarilash kerak!
    Umidli odam borki ilgariga  yursin, dovonlarni zabt etsin, olsinu oldirmasin!
    Guli Isayeva yoshlik chog‘laridek ana shunday katta niyatni diliga jo etdi. Ezgu niyati uni ulkan maqsadlar yo‘li tomon boshladi....
    Guli Parpiyevna 1966 yil 21 sentyabrda Qozog‘iston  Respublikasining  Chimkent viloyatida  tavallud topgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Toshkentdagi Y.Rajabiy  nomli pedagogika bilim yurtiga o‘qishga  kirdi va 1987 yili imtiyozli tamomladi. Unda  pedagogga  xos vazminlik , sokinlik, kamtarlik mujassam. Guli o‘z bilimini  yanada oshirish niyatida  Nizomiy nomidagi  Toshkent davlat pedagogika institutiga kirib o‘qidi. 1990 yili hozirgi GulDU  (G‘.G‘ulom nomli Sirdaryo pedagogika instituti) ga yo‘llanma asosida ishga kirdi.
    1997-2000 yilda aspiranturada  tahsil olib, yana sevimli jamoasi –universitetga qaytdi.2007 yilda pedagogika fanlari nomzodi bo‘ldi.Yosh olima  o‘zidagi qiziqish va iqtidorni hamon susaytirganicha yo‘q.    Ayni paytda  u ilm  sohasida  izlanishlarni davom ettirayotir. GulDU pedagogika fakulteti o‘quv  ishlari bo‘yicha  dekan muovini sifatida bir zum tinchimaydi.
    Bugungi  yoshlar bilan  muloqatda bo‘lib, ular bilan tengma-teng  qadam tashlash oson emas,-deydi olima.
   Guli Isayeva oddiy ishchi oilasida kamol topgan. Otasi Parpi Isayev hozir nafaqada . Onasi Anzirat aya nihoyatda  bolajon ayol . Oiladagi o‘zaro mehr, samimiy munosabat bois voyaga yetgan to‘qqiz nafar  o‘g‘il-qizning hammasi oliy ma’lumotli.
   Onajonimning jahli chiqqanini sira ko‘rmaganman, doimo tabassum bilan gapiradilar. Otam ham nihoyatda vazmin va samimiy inson. Suyanch tog‘larimdagi   shu fazilatlar yoqadi menga. O‘zlari o‘qimishli  bo‘lmasada bizlarga keng imkoniyat yaratishdi....
    Guli sportni, musiqani sevadi. Turmush o‘rtog‘i To‘lqin Egamberdiev - energetik. Ularning farzandlari Xadicha va Elnur ham a’lochi  zukko o‘quvchilar  hisoblanishadi.
Inson o‘zidagi barcha yaxshi  sifatlarni avvalo ota - onadan , keyin kitobdan olishini o‘z hayot tajribamda sinadim.
    Menda kitobga cheksiz mehrni, bilimga ishtiyoqni , hayotga muhabbatni o‘rgatishgani uchun  suyanch  tog‘larim-otam va onamdan benihoya minnatdorman, - deydi olima Guli Isaeva.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar60



Tabiiy fanlar10



Filologiya20