Xoja Axmad Yassaviy xazratlari aytgan ekanlar: Tuproq bo‘lgan, olam seni bosib o‘tsin. Quyida hikoya qilmoqchi bo‘lgan qaxramonimiz xuddi shu taxlit yashaganlar desak, xato qilmaymiz. Beminnat, begina, savobtalab edi u. Raxbarlar qayta yuborsa, o‘sha yerda sidqidildan mexnat qildi. Birovlar ko‘tarolmagan dardni u ko‘tardi, yuragidan o‘tkazdi. Illo, bu yaxshiliklarning mevasi shu bo‘ldiki, u yuzlab xonadonlarda, qo‘lidan itfo tongan bemorlarni qalbida tirik, uni to xanuz xurmatu izzat ila tilga olishadi.
Ishanova Moxinur To‘rayevna 1918 yil Toshkent shaxrida tavallud topgan edilar. O‘rta ma’lumot olgan suluvgina qiz bemorlarni ko‘rdi deguncha, yurak - yurakdan ezilar edi. Qalbining amriga quloq solib — shifokorlik yo‘lini tanladi. 1932 yil tibbiyot texnikumini tamomladi. So‘ng Taxtapuldagi 3 - tug‘ruqxonada doya bo‘lib ishladi. Oradan ikki yil o‘tgach, 1934 yilda Toshkent Davlat Meditsina institutiga o‘qishga kiradi va nihoyat u oliy ma’lumotli bo‘lib, bemorlarga malakali yordam berish orzusiga yetgan edi. Ushbu dargoxni 1939 yilda tamomlab, Toshkent viloyat Beshariq jayonidagi shifoxonada vrach bo‘lib ishladi, tajriba orttirdi. Suronli urush yillari Qashqadaryo viloyat shifoxonasida bosh shifokorlik qildi. Mas’uliyatli davrlar sinovidan o‘tdi o‘shanda. 1944 yildan 1946 yilgacha respublika shifoxonasi teri - tanosil kasalliklari bo‘limida rahbarlik qildi. Har yerda chaqqon, uddaburon, odamlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, tili shirin Mohinur To‘rayevna edi. Qayda chalkashu og‘ir vaziyat bo‘lsa, o‘sha yerda hozir edi. 1946 yilda malakali shifokor Yangiyo‘l rayonidagi markaziy shifoxonaning bosh vrachi etib tayinlandi. 1948 yilga qadar u shu yerda ishladi, odamlardan maslahati va shirin so‘zini ayamadi. O‘sha yili M. Ishanovani yana Tonkentga, 1 - shaxar kasalxonasining jarrohlik bo‘limiga ishga chaqirishdi va u 1951 yilga qadar shu yerda faoliyat yuritdi. 1951 — 1956 yillar u Qon quyish ilmiy tekshirish institutida ilmiy ish ustida izlanishlar olib bordi va nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1963 — 1968 yillarda M. Ishanova Andijon Tibbiyot instituti jarroxlik kafedrasida yosh avlodga ta’lim - tarbiya berdi. Bu davrda qator ilmiy maqolalari respublika va viloyat nashrlarida e’lon qilindi. Dotsentlik unvonini oldi.
1963 yildan 1968 yilga qadar Toshkent Davlat Tibbiyot institutida dars berdi, nafaqaga chiqqanidan so‘ng ham tinib - tinchimas bu inson 33 - shahar shifoxonasida 1973 — 1998 yillarda jarroh bo‘lib ishladi.
Ishanova Moxinur To‘raeviannng fidoyi mehnati “1941 - 1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qilingan g‘alabaning 50 yilligi” yubiley medali, “Mehnat faxriysi”, “Shuxrat” (1994) medallari bilan taqdirlangan. Asosiy mukofot esa xalq tomonidan berilgan. Bu izzatu hurmat va benazir shifokorning porloq xotirasidir.