O‘zbekiston Milliy Universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ishanxodjayeva Zamira Rayimovna o‘z ilmiy izlanishlarni tariximizning dolzarb va kam o‘rganilgan masalalariga bag‘ishlangan mavzular doirasida olib bormoqda va Respublikamizning intellektual salohiyatini oshirishga o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Zamira Ishanxodjayeva hozirgi kunda ham o‘z ilmiy izlanishlarini davom etirib, O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid qator ilmiy ishlarini e’lon qilib kelmoqda.
Zamira Ishanxodjayeva ilmiy rahbarligida 1 ta nomzodlik dissertatsiya himoya qilindi va 2 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Zamira Rayimovna rahbarligida 20 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalar va 50 ga yaqin Bitiruv malakaviy ishlar tariximizning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, muvaffaqiyatli himoya etildi. Hozirgi kunda qator shogirdlarining ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
Ishanxodjayeva Zamira Rayimovna rahbarligida O‘zbekiston Milliy Universitetining ilmiy maktablarining davomiyligini ta’minlash maqsadida, talaba - yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish maqsadida, ilmiy mavzular buyicha Tarix fakulteti talabalari, shahar Akademik litsey va kasb - hunar kollejlar talabalari uchun auditoriyadan tashqari bo‘lgan holda master - klass mashg‘ulotlari olib borilmoqda, shu bilan bir qatorda Respublika Innovatsion yarmarkalarida namoyish etish uchun talabalarning - innovatsion loyihalariga rahbarlik qilgan.
Olima Respublika va xalqaro ilmiy, o‘quv - uslubiy konferentsiyalarida faol qatnashib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan “O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalari” turkumida O‘zMU Tarix fakultetining ilmiy to‘plamlari doimiy (yilda 1 marta) nashr etilmoqda.
Doimiy ravishda xalqaro konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqda va qator xalqaro ilmiy nashrlarda o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini e’lon qilgan.
Professor Ishanxodjayeva Zamira Rayimovna 100 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy darslik va o‘quv - uslubiy qo‘llanma hamda maqolalar e’lon qilgan. 2000 - 2010 yillarda O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini va ta’lim haqidagi Qonunni bajarish maqsadida olima o‘quv jarayoniga zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar - davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, namunaviy dasturlari orqali yangi avlodni tayyorlashda faol ishtirok etgan. Shu bilan birga tarix fakultetida tarixchi mutaxassislar tayyorlash uchun zamonaviy yondoshuvlarni inobatga olgan holda va ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlari asosida haqqoniy tariximizni yoritish maqsadida o‘quv jarayonini qator o‘quv, o‘quv - uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlashni yo‘lga ko‘ydi. Tarix fakultetiga rahbarlik qilayotgan paytda Universitet va tarix fakultetining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Xususan zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassis - Sharq va Yevropa tillarini mukammal biladigan tarixchilarni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan. Shu bilan bir qatorda Respublikaga yuqori tajribali mutaxassislarni tayyorlash, Vatanimizni qadimgi davr tarixini chuqur o‘rganish maqsadida tarix fakulteti negizida “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishini qayta tiklashni tashkil etgan. “Arxivshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini va qator magistratura mutaxassisliklar ochilishida faol mehnat qilgan. Tariximizni dolzarb masalalariga bag‘ishlangan fanlarni yuqori tajribali tarixchi mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv rejalariga kiritgan. Tarixchi mutaxassis tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlar uchun tayanch bo‘lgan O‘zbekiston Milliy Universitetining Tarix fakulteti negizida Respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlari dekanlarining Kengashini tashkil qilgan va oyda bir marotaba maxsus seminar o‘tkazib, o‘quv jarayonida muhim va dolzarb bo‘lgan o‘quv, o‘quv- us- lubiy va ilmiy masalalarni muxokama etishini tashkil qilgan.
2010 yildan 2012 yilgacha tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan. Hozirgi kunda esa ushbu kafedrada professor lavozimida faoliyat yuritmokda. Tarix fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan, shu bilan bir qatorda tariximizning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qib, amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.
Bugungi kunda Ishanxodjayeva Zamira Rayimovna O‘zMUning xotin - qizlar “Olima” uyushmasiga rahbarlik qilib kelmoqda va shu bilan birga O‘zbekiston xotin - qizlar “Olima” uyushmasi raisining muovini bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshida Oliy o‘quv yurtlariaro “Fan va ta’- limda innovatsiyalar” turkumida doimiy seminar tashkil etildi va hozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Shu bilan bir qatorda professor Zamira Ishanxodjayeva talaba - yoshlar bilan doimiy ravishda tarbiyaviy va tashkiliy ishlar olib borib, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda va mustaqillik yutuqlarini asrab - avaylash jarayonida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.
Zamiraxon oilali - uch nafar farzandi, oltita nabirasi bor.