O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Iskandarova Sharifa Madaliyevna

Iskandarova Sharifa MadaliyevnaFilologiya fanlari  doktori, professor

     1963 yil 12 yanvarda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1970 - 1980 yillarda  Farg‘ona  davlat pedagogika  instituti  o‘zbek filologiyasi  fakultetida  tahsil olgan. 1990 yildan beri  Farg‘ona  davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi  kafedrasida  o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra professori  lavozimida  ishlamoqda.
    1994 yilda  “O‘zbek nutq  odatining  muloqot  shakllari” mavzusida   nomzodl disrtatsiyasini , 1994 yilda professor  A.Nurmonov  ilmiy   maslahatchiligida “O‘zbek tili leksikasini mazmuniy  maydon sifatida  o‘rganish ( shaxs  mikromaydoni)” mavzusida  doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2007 yilda professorlik unvonini olgan.
    Sh.Iskandarova o‘zbek tilshunosligida, tilga sistem-struktur asosda yondashuv bilan bog‘liq yangi yo‘nalishning rivojiga, davlat tilining ijtimoiy -  ma’naviy hayotdagi mavqeini oshirishga, ma’naviy merosimizni targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan tilshunos olimadir. U tilning sistemaviy tabiati, tilshunoslikda maydon nazariyasi bo‘yicha qator tadqiqotlar muallifi sifatida respublika ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida munosib mavqega ega.
    Shu kungacha uning rahbarligida 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, hozirda 10 ga yaqin tadqiqotchilar ilmiy izlanish olib bormoqdalar.
    Sh.Iskandarovaning shu kunga qadar 10 ga yaqin o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi, 3 monografiyasi, respublikaning nufuzli ilmiy jurnallari va to‘plamlarida 100 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, olima “Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish”, “Til sistemasiga maydon asosida yondashuv” nomli monografiya, universitet filologiya yo‘nalishi bakalavr va magistr talabalari uchun “Uzbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya”, “Sistem tilshunoslik asoslari”, “Umumiy tilshunoslik”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Tilshunoslikning nazariy masalalari” singari qator o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi.
    2003 - 2005 yillarda Far DU huzuridagi tilshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash raisi o‘rinbosari, 2008 - 2012 yillarda UzR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituta qoshidagi tilshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy Kengashining a’zosi bo‘lgan. 2012 yildan UzMU, O‘zR FA Til va adabiyot instituti hamda FarDU qoshidagi tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha birlashgan ixtisoslashgan Kengash a’zosi.
    2006 yilda “Shuhrat” medali, 2012 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80