O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismatov Raxmatillo Oltinovich

Ismatov Raxmatillo Oltinovich    Rahmatillo Oltinovich Ismatov 1961 - yil 4 - yanvarda  Namangan viloyati  Uychi tumani  Yorqo‘rg‘on qishlog‘ida  tug‘ilgan.
  1968 - 1978 yillarda Uychi tumanidagi 10 - o‘rta maktabda o‘qigan.
  1978 - yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining  qurilish fakultetiga o‘qishga kirib, 1983 - yilda uni a’lo  baholarga  tamomlagan. Shu yil  noyabr oyida ToshPI ning Namangan filialida assistent lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.
  1988 — 1991 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Iqtisod instituti aspiranturasida o‘qigan.
  1992 - yilda mazkur institutning ixtisoslashgan ilmiy kengashida “Qurilish korxonalarida mehnatni pirovard natijadariga qarab tashkil etish va rag‘batlantirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
  1996 - yilda unga dotsent ilmiy unvoni berilgan.
  Hozirgi kunda menejment kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
  1996 - yil fevral - may oylarida Yevropa Ittifoqining MSDS, IEEC, IG‘OA, YeS TASIS dasturi bo‘yicha malakasini oshirgan. 1998 - yil may - iyun oylarida respublika “Ustoz” jamg‘armasining granti sovrindori sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu - York universitetida ham malaka oshirgan.
  2000 — 2001 yillarda “Yevroaziya” fondining TOO - 0192 “Menejment mutaxassisligi magistrlari uchun o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi 26954 AQSh dollarlik grant loyihasida loyiha direktori vazifasini bajargan.
  Kasb - hunar kollejlari uchun hammualliflikda “Bozor iqtisodiyoti” nomli darslik (Toshkent, “O‘qituvchi”, 2002), “Iqtisodiy savodxonlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma (Toshkent, “Sharq” 2000) chop etgirgan.
  R. Ismatov 50 dan ziyod ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir. Hozirgi kunda “Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish korxonalarida mehnatni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5