Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi
1943 yil 9 noyabrda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1949 - 1960 yillarda tumandagi 14 - o‘rta maktabda talim olgan.
1962 yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti biologiya - tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirgan. 1965 - 1967 yillar davomida harbiy xizmatda bo‘lgan, xizmatni tugatib yana o‘qishni davom ettirgan. 1971 yilda mazkur oliygohni muvaffaqiyatli tamomlab, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘EBITI da kichik ilmiy xodim lavozimida o‘z faoliyatini boshlagan.
1979 yilda “Har xil navlarning mahsuldorligini ko‘chat qalinligiga va ekish oraliqlariga bog‘liqligi” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini himoya qilgan.
1982 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutiga ishga kelgan, 1984 - 1987 yillar davomida institutning botanika kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1987 yildan boshlab Farg‘ona davlat pedagogika instituti tibbiyot fakulteti dotsenti, tarbiyaviy va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida, 1996 - 1997 yillarda esa ekologiya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.
G‘. Ismoilov tomonidan 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shu jumladan, 10 dan oshiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.