O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismoilov Mo‘minjon Yusupovich

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent

    1971 yil  21 fevralda Qo‘shtepa tumanida tavallud topgan. 1988 yilda Yozyovon  tumanidagi  26 - o‘rta maktabni bitirgan. 1988 - 1990 yillarda  Oxunboboyev  tumani  jamoa  xo‘jaligi  azosi, 1990 - 1991 yillarda Yozyovon   tumani 2 - maktabda yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan.
  1991 - 1997 yiilarda Farg‘ona davlat universiteti  talabasi , 1997 - 1998 yillarda Farg‘ona davlat universiteti  kimyo kafedrasi o‘qituvchisi  lavozimida ishladi.
  2001 - 2004 yillarda Farg‘ona davlat universiteti tibbiyot fakulteti dekan  o‘rinbosari, 2005 - 2009 yillarda universitet maxsus sirtqi  bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, 2009 - 2011 yillarda tibbiyot - geografiya  fakulteti o‘quv  ishlari  bo‘yicha dekan muovini, 2011 - 2013 yillarda kimyo kafedrasi dotsenti,  2013 yildan kimyo kafedrasi  mudiri lavozimida ishladi.
  2005  yil 2 fevralda  “Mahalliy xom ashyodan foydalanib grafitli  surkov moyi  olish  texnologiyasini ishlab  chiqish”  mavzusida nomzodlik disserttsiyasini  yoqladi.
  M. Ismoilov rahbarligida 1 nafar talaba davlat stipendiyasi (M. Yunusov), 1 nafar talaba  xalqaro Mendeleyev nomidagi stipendiyasi (U. Ismoilov) sovrindori bo‘lishgan.
  U 50 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalar , risolalar muallifidir. 3 ta uslubiy ko‘rsatma, 1ta o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan, 1 ta mualliflik  guvog‘nomasi sohibi.
  Pedagogik  faoliyat bilan  birgalikda Farg‘ona neftni qayta  ishlash aktsionerlik korporatsiyasi, ”Quvasoytsement” AJ bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5