Kimyo fanlari nomzodi, dotsent
1939 yil 8 aprelda Farg‘ona viloyati Rishton tumani Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirib, 1959 yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo - biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.1960 - 1964 yillarda kimyo kavedrasida kechki laborant, 1964 yildan boshlab esa o‘qituvchi bo‘lib ishladi.
1967 - 1970 yillarda ToshDU organik kimyo kafedrasining aspiranturasida tahsil oldi.
1971 yilda “Krezollarni kationit KU - 2 ishtirokida alkiltsikloalkillash reaktsiyalari tadqiqi” mavzusida nomzodlik disertatsiyasini yoqladi. 1971 - 1975 yillarda kimyo kafedrasida o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi.
1976 - 1988 yillar mobaynida TQXI Farg‘ona filialida agrozooinjeneriya fakulteti dekani, UNF kafedrasining mudiri va dotsentlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Farg‘ona filiali tugatilgandan keyin 1988 yili FDPI kimyo kafedrasiga ishga qaytdi va hozirgi kunga qadar shu kafedrada dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Dotsent N. Ismoilov ilmiy pedagogik faoliyati davomida talabalarga va magistrantlarga “Organik kimyo”, “Organik sintez” , “Makroxalqali birikmalar kimyosi”, “Organik birikmalarning tuzilishi va reaktsion qobiliyati” fanlaridan maruzalar o‘qib, ular bilan amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.
U “Fenol birikmalarni kationit KU - 2 va yangi til kationitlar ishtirokida tsikloalkillash reaktsiyalarini tadqiq etish va ular asosida pestitsidlar va antioksidant birikmalar sintez qilish” sohasida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Imiy faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar elon qildi va yangi olingan organik birimalar uchun 62 ta mualliflik guvohnomasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, “Organik kimyo” ,”Organik sintez usullari” , “Katalitik organik sintez”, “Funtsional organik analiz” nomli o‘quv qo‘llanmalari muallifi.