O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismoilov Ravshanjon Baxriddinovich

Ismoilov Ravshanjon    Ravshanjon Baxriddinovich Ismoilov 1959 -  yil 30 - sentbrda Namangan viloyati  Yangiqo‘rg‘on  qishlog‘ida tug‘ilgan.
  1967 - 1977 yillarda  qishloqdagi 30 - o‘rta maktabda  tahsil olgan.
  1977 - 1979 yillarda  harbiy  xizmatni o‘tagan.
  1980 - 1984 yillarda Toshkent  qishloq xo‘jaligi  institutida (hozirgi Toshkent agrar  universiteti) tahsil oldi va uni imtiyozli tamomlab, qishloq xo‘jaligining iqtisodchi - tashkilotchisi mutaxassisligini egalladi.
  1986 - yildan 1989 yilgacha O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasida o‘qib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatdi himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
  1989 — 1992 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasida katta ilmiy xodim vazifasida ishladi.
  1992 - yil sentyabrdan Namangan sanoat - texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi, keyinchalik iqtisodiyot fakulteti dekani muovini, 1997 - yildan institut qoshidagi tadbirkorlik va biznes maktabida direktor va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i vazifalarida ishladi.
  2002 - yil sentyabrdan 2003 - yil may oyigacha xalqaro aloqalar va informatsion texnologiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.
  1997 - yildan 2003 - yil iyuligacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ustoz” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi ijrochi direktori va 2003 - yil iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamg‘armasi viloyat bo‘limi ijrochi direktori vazifasida ishlamoqda.
  2003 - yil 5 - maydan Namangan muhandislik - iqtisodiyot institutida iqtisod fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
  1982 - yildan shu kungacha turli xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashib, grantlar sohibi sifatida AQSh, Germaniya, Hindiston, Kanada, Niderlandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Polsha, Belg‘iya kabi mamlakatlarda tajriba almashib, malaka oshirib kelgan. Hozirda ham xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.
  Shu bilan birga 80 dan ortiq ilmiy - uslubiy qo‘llanmalar muallifi va xalqaro hamda mahalliy ilmiy - amaliy anjumanlar ishtirokchisidir.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5