O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismoilova Adolat

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Imunologiya institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tibbiyot fanlari doktori Ismoyilova Adolat Abdurahimovna tibbiyot sohasida o‘z amaliy va nazariy bilimlari, izlanishlari, tadkiqotlari va ilmiy ishlari bilan ilm-fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan olimalardan. Toshkent Davlat Tibbiyot institutida tahsil olgan yosh mutaxassis 1999-2003-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Immunologiya instituti qoshidagi aspiranturada o‘qigan. Shu yillar mobaynida professor R.M. Ruznbakiev rahbarligida "Gepatotsilyullyarning klini- koimmunologik xususiyatlari" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya kilgan. 2004-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasidagi Immunologiya institutida immunotsitokin laboratoriyasining mudiri etib tayinlandi va hozirga qadar shu lavozimda ishlab kelmoqda. Shuningdek, olima ushbu institutda yetakchi ilmiy xodim bo‘lib faoliyat yuritmoqda, «allergologiya va immunologiya» yo‘nalishi buyicha Ilmiy kengash a’zosi bo‘lib ishlab kelmoqda. 2008-2010- yillarda Ilmiy kengashga ilmiy kotib etib tayinlangan. Adolat Ismoilova Immunologiya instituti direktori professor Tamara Aripova rahbarligida - allergologiya va immunologiya mutaxassisligi bo‘yicha "Turli genezli immunodefitsit holatlarda tsitokin spektori" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ismoyilova Adolat Abdurahimovna turli mutaxassislikdagi shifokorlarga seminar-maktablar tashkil qilib, o‘tkazib bormokda. Hozirgi kungacha 5-ta seminar maktab tashkil qilib o‘tkazildi. 2012-yilda Toshkent Vrachlarni tajribasini oshirish institutini "Tibbiy immunologiya va immunofarmakologiya" kafedrasiga mudir qilib  tayinlandi. Shuningdek, tibbiyot fanlari doktori Adolat Abdurahimovna O‘zR FA Immunologiya institu- tining direktorini ilmiy ishlar bo‘yicha muovini bo‘lib ishlamoqda.
Ilmiy ish bilan birgalikda Adolat Ismailova Ilmiy Tekshirish Markazi "Immunogen test"da immunolog-shifokor sifatida amaliy  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Institut, laboratoriya va kafedraning jamoat hayotida faol ishtirok etadi. Ularning rahbarligida asosiy va amaliy immunologiya ning dolzarb savollari bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar bajarilmoqda. Adolat Ismailovaning ilmiy izlanishlar immunologiya, onkologiya va yuqumli kasalliklarning asosiy va amaliy savollarini o‘rganishga   qaratilgan. 2003-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat fundamental va amaliy loyihalarni mas’ul ijrochisi hamda laboratoriyada bajari layotgan amaliy loyihalarning rahbari bo‘lib kelmoqda. Olima doktorlik dissertatsiyalarni himoya etish Ilmiy kengashining a’zosi etib tayinlangan. 2016-yilda «Tibbiyot genetika. Allergologiya  va immunologiya» mutaxassisligi buyicha Apro batsion kengashning raisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Olima hozirgi kungacha 120 dan ortiq jurnaldagi maqolalar va tezislar, 2 ta monografiya, 6 ta metodik tavsiyalar chop etgan va «O‘zbekiston Respublikasi aholi immunoogik pasporti»ga hammualliflik guvohnomasi olgan. Adolat Abdurahimovna rahbarligida 4 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda. Xozirgi kunda allergologiya va immunologiya, TORCh-infektsiyalar, VICh/SPID, birlamchi va ikkilamchi immundefitsitlar, onkoimmunologiya va revmatologiya yo‘nalishi buyicha ishlab kelmoqda. Adolat Ismoilova o‘zining tirishqoqligi chuqur ilmi, o‘z sohasining yetuk olimasi sifatida hamda oliyjanob xislatlari ortidan jamoaning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar30



Filologiya20