O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismoilova Gulnora

Ismoilova Gulnora      Alloma shoir Abdurahmon Jomiyning asrlardan beri o‘z ahamiyatini yo‘kotmagan satrlari naqadar haqiqat.
Inson kichikligida darsliklarni, keyinrok ertak, hikoyalarni asta - sekin kattaroq adabiyotlarni o‘qib, ma’nan shakllana boshlaydi. Kitob hamisha fikrlash, tafakkur va xazinalar kaliti bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni azaldan qadrlab keladi.
Gulnora Alijonovna Ismoilova ana shunday xazinalardan biri - Andijon viloyatidagi Bobur nomidagi axborot - kutubxona markaziga rahbarlik qiladi. Uning yetakchiligidagi jamoa minglab kitoblar, matbuot asarlari, elektron resurslar to‘plamini kitobxonlargi yetkazib, ularning intellektual rivojlanishiga, yoshlarning ma’nan tarbiyasiga hissa qo‘shmoqdalar.
Gulnora Alijonovna oliy ma’lumotli mutaxassis, tashkilotchi rahbar maqomida axborot - resurs markazi moddiy - texnika bazasini yaratish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, markazni tegishli dasturiy texnika vositalari bilan ta’minlash ishlarini namunali yo‘lga qo‘ydi.
Uning tashabbusi bilan markazda turli toifadagi foydalanuvchilarga maksadli xizmat ko‘rsatish maqsadida talaba - yoshlar uchun “O‘quv jarayoniga yordam”, turli soha mutaxassislari uchun “Ishchi - xizmatchilarga yordam”, oilaviy kitobxonlar uchun “Oilaviy o‘kishga yordam” kafedralari faoliyat olib bormokda.
“Oilaviy o‘qishga yordam” kafedrasi koshida esa “Kutubxona - ikkinchi oilam” klubi tashkil etilgan. Klub bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, yosh onalarga farzandlari tarbiyasida ko‘maklashish, yangi axborotlarni o‘z vaqtida har bir oilaga yetkazish kabi xayrli ishlarni amalga oshiradi.
Gulnora Ismoilova zamon bilan hamnafas, yangilikka o‘ch. Uning sa’y - harakatlari natijasida “IRBIS” dasturi bo‘yicha xodimlar bilim va malakalarini oshirish, jamg‘armani elektron resurslar bilan boyitish va foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron ma’lumotlar bazalari yordamida xizmat ko‘rsatiladi. Markazda 59282 nomdagi 82176 nusxada adabiyotlarni elektron kataloglari yaratildi, hozirda esa “KADATA” milliy dasturida elektron katalog yaratish ishlari davom etmokda.
Sohaning yetuk bilimdoni G.Ismoilova viloyatdagi axborot - kutubxona va axborot - resurs markazlari faoliyatini rivojlantiruvchi idoralararo kengash kotibidir. U bu jamoat ishlarida sidqidildan mehnat kilib, viloyatdagi axborot - resurs markazlari ishini muvofiqlashtirish va ular faoliyatini yanada takomillashtirishga salmoqli ulush qo‘shmoqda.
Gulnora Alijonovnaning uslubiy yordam tariqasidagi maqolalari respublika “Kutubxona – UZ” jurnalida muntazam yoritilib bormoqda.
U respublika axborot - kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi axborot - kutubxona va axborot - resurs markazlari mutaxassisi” ko‘rik - tanlovida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan.
O‘z ishining ustasi kitobga mehru muhabbati baland, har bir so‘zni o‘ylab gapiradigan Gulnoraxon kaerda bo‘lmasin kitobxonlikni targ‘ib etishdan charchamaydi.
“Odatda, bolalar har narsaga qiziquvchan bo‘ladi, ota - onalar ularning savollariga hech erinmay javob berishi lozim, zarur holatda esa javoblarni birgalikda kitoblardan izlab topishlari kerak. Hali o‘kishni bilmaydigan farzandlariga o‘zlari ertak, rivoyatlar, hikoyalarni o‘kishlari zarur. Shu asnoda ularga kitob bebaho narsa ekanligini kichikligidan uqtirib borishimiz, ularni kelajakda orzu kilganimizdek ma’naviy yetuk, teran fikrlay oladigan, insonlarga mehribon, Vatanga sodik shaxs bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi”, - deydi Gulnoraxon.
Ziyoning zarrin nurlaridan barchani bahramand etishga bel bog‘lagan Gulnoraxonning ma’naviyatli, ma’rifatli oilasida uch nafar farzand voyaga yetdi. U turmush o‘rtog‘i bilan ularning bilim olishlariga sharoit yaratganlar. Qizlari Nargizaxon Riga texnika universiteti magistranti, Gulnozaxon Andijon qishloq xo‘jaligi instituti talabasi, Jasurbek esa umumta’lim maktabi bitiruvchisi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80