Intiizor Ismoilova Urganch Davlat universitetinnng «Jismoniy madaniyat» fakultetida o‘qituvchi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
U 1977 yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanida ziyolilar oilasida dunyoga keldi. 1991 yilda tumandagi Chkalov nomli o‘rta maktabiing 8-sinfini tugatdi. So‘ng Al-Xorazmiy nomidagi litsey-internatni a’lo baholarda bitirdi. 1994 yilda Urganch Davlat universite- tining «Tabiatshunoslik» kulliyotiga o‘qishga kirdi. 1999 yilda uni «imtiyozli» diplom bilan yakunlab, biologiya va kimyo o‘qituvchisi mutaxassisligini oldi. Ish faoliyatini shahardagi maishiy kasb-hunar kollejida talabalarga dars berishdan boshladi. 2000 yildan esa Urganch Davlat universitetining «Jismoniy madaniyat» fakultetiga o‘qituvchi bo‘lib ishga qabul qilnndi. Yosh olima 2006 yilda «Xorazm vohasi o‘tloq-allyuvial tuproqlarida «Xorazm-127», «Xorazm-150» navli g‘o‘za navlarining rivojiga oziqlantirish, sug‘orishning ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu orada olimaning qator ilmiy maqolalari matbuot sahifalarida chop etildn.
U izlanuvchanligi, o‘tkir zehni bilan ilm ahli o‘rtasida ham obro-etibor qozondi. U talabalarga yurtimiz o‘simlik dunyosinn taiitnshdan charchamaydi. Shuning uchunmi, Intizor Ismoilovadagi shiddat bugun talabalariga xam o‘tgan. Fakultet hayotidagn har qanday tadbirda Intizorning o‘rni bor. Kamtarin va dilkash «domla»si bilan bugun talabalari ham faxrlanishadi.