Ismoilova Zuxra Qoraboevna 1961 yil 20 aprelda Sirdaryo viloyati , Sirdaryo tumanidagi Oxunboboev nomli qishlogida tug‘ilgan.
U 1968 yil Lomonosov nomli 18-o‘rta maktabning birinchi sinfiga bordi. Keling, bundan keyingi voqea tafsiloti xaqida o‘zidan tinglaylik:
Maktabda o‘qishni juda yaxshi ko‘rar edim. Chunki maktabimiz juda chiroyli va dars beradigan muallimlar odamga juda xam yaxshi gapirishar edi. Maktabda faqat «4» va «5» baxolarga o‘qidim. Maktablararo sport musobaqalariga jonu dilim bilan qatnashib kelganman. Shaxmatdan tuman, shaxar musobaqalarida qatnashib birinchi o‘rinlar sovrindori bo‘lganman. Darsdan tashqari esa, maktabimizda ochilgan traktorchilar kursiga qatnashib, traktorchi-mexanizator xujjatini oldim.
1984 yili Toshkent Irrigadiya va qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining qishloq xo‘jaligi fakultetini injener-pedagog mutaxassisligi bo‘yicha qizil diplom bilan tomomladim.
Institutni tamomlab o‘zimni o‘qitgan ustozlarim bilan birga faoliyatimni 1985 yildan — «Pedagogika va o‘qitish uslubiyati» kafedrasi laboranti lavozimida boshladim. 1990 yildan 1994 yilgacha shu kafedrada assistent lavozimida ishladim. Bu davrda men pedagogika fanidan laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar o‘tdim. Dars berish bilan birga ustozlarimdek men ham ilmiy darajalarga ega bo‘lishni niyat qildim. 1991 yili «Talabalarning kasbiy pedagogik malakalarini shakllaitirish» mavzuida ilmiy ish bilan shug‘ullana boshladim. 1994 yildan 2000 yillargacha kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab keldim. Yangi tipdagi o‘quv muassasalari (akademik litsey va kasb-xunar kollejlari) faoliyatini o‘rganish maqsadida AQSh ning Nyu-York shtatidagi Nyu-York universitetida 1998 yil «Ustoz» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursini, 2000 yil TASIS markazi tomonidan tashkil etilgan «Ilg‘or pedagogik texnologiyalar» malaka oshirish kursipi va 2001 yil 10 dekabridan O‘MKHT Rivojlantirish instituti va TASIS loyihasi tomonidan «Zamonaviy ta’lim texnologiyalari» kurslarida o‘z malakamni oshirdim va dissertatsiya ishlarim uchun ham materiallar to‘pladim.
2003 yildan dotsent, «Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelyapman. Ilmiy ish ustida ishlamoqdaman. Doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash bilan birga 70 ga yaqin ilmiy maqolalarim, ilmiy-uslubiy ishlarim chop etilgan.
2005 yilda meni kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektor vazifasiga tayinlashdi. Shu bilan birga kafedrani ham boshqarib kelmoqdaman.
Birdan-bir orzuim texnika oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan bo‘lajak maxsus fan o‘qituvchilari uchun «Pedagogika» fanidan darslik yaratish va texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan fanning mavqeini ko‘tarish.
Men baxtli ayollardan biriman. Institutda prorektor lavozimida ishlasam, uyda oila bekasiman, meni yaxshi tu- shunadigan turmush o‘rtog‘im va uch nafar farzandim bor.