O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ismoilova Zumrad Usmonovna

    Hali u juda yosh edi. Lekin radio yoki televizor orqali berilgan qo‘shiqlarni tinglagisi kelaverardi. Tinglardi ham. Bolalar qo‘shiqlari - ku yod bo‘lib ketgan edi. Bugina emas, bolaligidan ham qo‘llari rubob va doira chertishga moyil edi. Pioninaning klavish Zumrad Ismoilova maktabni bitiriboq Farg‘ona Davlat Pedagogika institutining tarix fakulteti musiqa bo‘limiga o‘qishga kirdi. Bu uning qalbi orzusi edi. U 1982 yildan ilmiy - pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana boshladi. U endi Farg‘ona Davlat Pedagogika instituti (hozirgi Farg‘ona Davlat universiteti) Xor dirijyorligi kafedrasida o‘qituvchi edi. 1993 yildan boshlab Zumradxon madaniyatshunoslik kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimini egalladi.
    Zumrad Usmonovna 1999 yilda “O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida qishloq turmush tarzi yangilanishniig ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy omillari” mavzusida nomzodlik ilmiy ishini tayyorlab bo‘ldi va uni Toshkent Davlat universiteti falsafa fakultetida himoya qildi. Falsafa fanlari nomzodi Zumrad Ismoilova 2000 yildan buyon Ma’naviyat va ma’rifat asoslari kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. Falsafa soxasida asosan turmush tarzi muammolari, ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy asoslari, xususiyatlari va yo‘nalishlarida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bu masalalarga oid bir qancha ilmiy maqolalari respublika jurnallarida yoritilgan. Hozirgi paytda Zumrad Ismoilova doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda. Universitet xotin - qizlar qo‘mitasi raisi sifatida “Qizlar, sir saqlay olasizmi?”, “Kulog‘ingizga gapim bor” kabi mavzulardagi muloqot kechalari tashabbuskoridir. XXI asr manaviyati haqida viloyat radio, televideniyasida uyushtirilayotgan qator davra suhbatlari  tashkilotchisidir. Zumradxon o‘z  faoliyatini yanada kengaytirmoqda. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5