O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Isomiddinov Muhammadjon

Isomiddinov MuhammadjonTarix fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati

     1946 yil 26 dekabrda Farg‘ona tumanidagi Qo‘chqorchi qishlog‘ida tug‘ildi. 1952 - 1962 yillari  shu tumandagi 12 - umumta’lim maktabini bitirdi. 1963 - 1968 yillari Farg‘ona davlat pedagogika instituti tarix - geografiya  fakultetini tugalladi.
    1968 yildan institutning geografiya kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishga qolgan M.Isomiddinov keyinchalik laborant, katta laborant lavozimlarida ishladi. 1971 yil mart oyidan ustozi A.Abdulhamidovning tavsiyasi bilan Samarkand shahrida yangi tashkil etilgan O‘zbekistan Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga laborant lavozimiga ishga kirdi.
    1973 - 1975 yillarda sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Leningrad (Sankt - Peterburg) bo‘limiga stajer – tadqiqotchi sifatida yuborildi. 1975-1977 yillarda shu instituta aspiranturasiga kirdi. 1979 yilda institut ilmiy Kengashida “Qadimgi va ilk o‘rta asrlardagi Janubiy Sug‘d kulolchiligi” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    1979 yildan 2007 yilgacha O‘zbekistan Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining  kichik ilmiy xodimi, yetakchi  ilmiy  xodimi  lavozimlarida  ishladi.
    M.Isomiddinov Arxeologiya institutida ishlashi davomida juda  ko‘plab  Uzbekistan vaxalqaro miqyosdagi  ekspeditsiyalarida  qatnashdi. Jumladan, 1973 - 1987 yillarda Uzbekistan Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining R.H.Sulaymonov boshchilik  qilgan Yerqo‘rg‘onekspeditsiyasining doimiy qatnashchisi, 1973 - 2000 yillarda sobiq  Ittifoq Fanlar  akademiyasi Arxeologiya instituti Leningrad bo‘limi va Davlat Ermitajining Panjikent ekspeditsiyasining doimiy  qatnashchisi, 1980 - 1983 yillarda Uzbekistan Fanlar  akademiyasi Arxeologiya institutining Namangan ekspeditsiyasi  rahbari, 1988 - 2010 yillarda O‘zbek - Frantsuz qo‘shma ekspeditsiyasining O‘zbekiston tomonidan rahbari, 1996 - 2009 yillarda O‘zbekiston - Italiya qo‘shma ekspeditsiyasining, 2012 - 2014 yillarda Andijon viloyatidagi   Mingtepada O‘zbek – Xitoy qo‘shma ekspeditsiyasining qatnashchisi  bo‘ldi.
    2000 yilda “Samarkand shahar sozlik madaniyatining ildizlari” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1985 yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
    2002 yilda Fanlar akademiyasining “Yilning eng yaxshi ilmiy ishi” nominatsiyasida  qatnashib, “Samarkand shahar sozlik madaniyatining  ildiz¬lari” kitobi g‘olib deb topildi. 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 17 ta monografiya,  150  dan ortiq  ilmiy va  ilmiy – ommabop  maqolalar  muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5