O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Isoqova Tursunxon

Isoqova Tursunxon    Tursunxon Isoqova 1952 yilda tug‘ilgan.   1972 yilda  Toshkent   Xalq xo‘jaligi   instituti,   buxgalteriya   hisobi   fakultetining   buhgalteriya hisobi  mutaxassisligi  bo‘yicha  tamomlagan. Unga  buxgalter - iqtisodchi  kvalifikatsiyasi    berilgan. 
  U  Shahrixon  tumani  “Bo‘ston”  jamoa   xo‘jaligida  bosh iqtisodchi (1972 — 1983) sifatida ish boshladi. So‘ng tumandagi Toshtepa qishloq fuqarolik kengashi raisi (1983 - 1986) etib saylandi. 1986 — 1988 yillar davomida Moskva  Ijtimoiy Fanlar Akademiyasida aspirant bo‘ldi. O‘zbekiston   Xalq  Demokratik   Partiyasi   Bo‘z  tuman  kengashi raisi lavozimida ishladi.
  1990 yil 31 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish bo‘yicha Kengash huzuridagi ixtisoslashtirilgan kengashida “Ayol ishchi kuchlarini ishlab chikarish va ulardai samarali foydalanishning hududiy xususiyatlari” (Farg‘ona vodiysi misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi.
  Andijon Muxandislik - iqtisodiyot instituti ishlab chiqarish ijtimoiy sohalar iqtisodiyoti va ularni boshqarish kafedrasida dotsent (1993 — 1997) bo‘ldi. Lekin qishloq xo‘jaligi yana uni o‘ziga chorladi. Uch yil Bo‘z tumani “O‘zbekiston” shirkat xo‘jaligiga raislik qildi. 2000 yildan hozirgacha Andijon Muhandislik - iqtisodiyot instituti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti. Hozirda “Qishloq ayollari mehnati samaradorligini oshirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
  Tursunxon Isoqova demografiya, xodimlarni boshqarish fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuksak saviyada olib boradi. U institutning o‘quv - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - tarbiyaviy faoliyatida doim faol ishtirok etadi. Institutning xotin - qizlar boshlang‘ich qo‘mitasi raisi sifatida talabalar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni olib bormoqda.
  Tursunxon Isoqova iqtisodchi olima sifatida viloyat oliy o‘quv yurtlari professor - o‘qituvchilari, viloyat akademik litseylari, kasb - hunar kollejlari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida iqtisodiy fanlarni o‘qitishga oid ma’ruzalari bilan chiqishlar qilib turadi. Toshkent, Buxoro, Olma - otada o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etgan.
  Olima Isoqova fakultet ilmiy - uslubiy kengashining, institut ilmiy kengashining a’zosi sifatida o‘quv - uslubiy, ilmiy faoliyati bilan o‘ziga xos yo‘lga egadir. Uniig 20 ga yaqin ilmiy - uslubiy ishlari chop etilgan. Demografiya fanidan nazorat ishlarini (Apdijon, 2002, ham mualliflikda) mavjuddir. Oliy o‘quv yurtlararo ilmiy - uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash Prezidiumining karori bilan olimaning “Demografiya statistikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etish uchun tavsiya etildi.
  T. Isoqova 2000 — 2001 o‘quv yilida menejment mutaxassisligi talabalari bilan “Mehnat resurslarini shakllantirishda kasb - xunar kollejlari faoliyatining axamiyati” mavzusida ilmiy seminar tashkil etdi. Iqtisodiyot mutaxassisligi talabalari bilan 2001 — 2002 o‘quv yilida “Ta’lim tizimining bosqichlari samaradorligi” mavzusida, 2002 — 2003 o‘quv yilida “Mexnat resurslarining shakllanishida jamoat tashkilotlarining o‘rni” mavzusida so‘roqnoma va ilmiy seminarlar tashkil etdi.
  Tursunxon olti farzandning suyukli onasi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5