O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Isoxo‘jayev Bositxon Musoxo‘jayevich

Isoxo‘jayev Bositxon Musoxo‘jayevich    Bositxon Musoxo‘jayevich Isoxo‘jayev 1956 yil 15 iyunda  Namangan shahrida  tug‘ilgan.
    1964 yili Namangan shahridagi 3 - o‘rta maktabning  1 - sinfiga  o‘qishga kirib, 1974 yil 10 - sinfni tugatgan. 1983 yili  Toshkent politexnika institutining  Namangan filialida mashina qismlari  va mashina va mexanizmlar  nazariyasi kafedrasida assistent  lavozimida boshlagan.
    1987 - 1990 yillarda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi ilmiy tekshirish institutida aspirant, 1990 yili Gruziya davlat universitetida texnika fanlari nomzodligi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan.
    U 1990 yildan buyon TashPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi, dotsent, dekan muovini, umumtexnika fanlari kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
    1999 yilda amaliy mexanika fanidan, 2000 yili ixtirochilik asoslari, 2003 yili patentshunoslik fanidan ma’ruzalar matni chop ettirgan. Uning hozirgacha 105 ta ilmiy va o‘quv - uslubiy maqolalari xorij va respublika nashrlarida chop etilgan. 36 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta ilmiy ixtiro uchun patent olgan. Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Hozirda “Egiluvchan zvenoli kulisali mexanizmlarning analizi va sintezi” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5