Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Marxabat Istamova salkam qirq yillardan buyon Sadriddin Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutida ishlab keladi. Bir paytlar pedagoglikning siru asrorlarini ustozlaridan o‘rgangan Marxabat Istamova endilikda o‘z ham ko‘plab yoshlarning maqolalari nufuzli jurnallarda nashr etilgan. Shuningdek o‘tgan davr ichida bir qancha o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar ham yaratdi. “Tojik tili o‘qitish uslubiyoti” (1- 2 qism), “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Tojik tili tarixi”, “Hozirgi zamon tojik adabiy tili” (amaliy mashg‘ulot) “V - IX sinflarda tojik tilining muhim masalalari” singarilar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi maorif, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, viloyat va shahar hokimligi, SamDPI rahbariyati, SamDU rektorati zahmatkash olima Marxabat Istamovaning ko‘p yillik mehnatlarini munosib taqdirlagan. Marhabat Istamova 1942 yil Samarqand shahrida tug‘ildi. 1949 - 1959 yillarda Siyob tumanidagi o‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, SamDU ning tojik filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdi. Institutni tugatgach, o‘rta maktabda dars bera boshladi. Keyinchalik uni Samarqand davlat pedagogika institutiga ishga taklif etishdi. Ish jarayonida Marxabat Istamova o‘zining izlanuvchan va talantli pedagog ekanligini namoyish qildi. Talabalarning ma’naviy ustoziga aylandi.
Endilikda Marxabat Istamova tajribali pedagog, shu bilan birga ajoyib ona hamdir. Besh farzandni tarbiyalab, elga qo‘shdi, o‘n besh nafar nabiralarning ham kelgusida o‘qimishli va yaxshi insonlar bo‘lib yetishishini istaydi. Xullas, u institutda ham, oilada ham kishi havas qilsa arzigulik ustozdir.