O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jalilova Nasimaxon

    Umr  oqar  suv deganlari rost ekan. Nasimaxon opa umr yo‘llariga  nazar tashlar  ekan, yarim asrlik ish faoliyati ham, ayollik, bekalik, onalikdek buyuk baxti xam kuz oldidan bor bo‘y - basti bilan xuddi kino tasvirlaridek nurafshon bo‘yoqlarda namoyon bo‘ladi.
    Hayotda ham, o‘z o‘rnini topa olganiga, yurt ravnaqi, mamlakat obodligi yo‘lida eslasa, maqtansa arzigulik xizmati borligidan ko‘ksi g‘ururga to‘ladi. Qulog‘i ostida otasining “Qizim, sen farzandlarimning kattasisan, uchta singling sendan o‘rnak oladi...” degan o‘giti jaranglaydi. “Otajonimga bergan so‘zimning ustidan chiqdim”, - deb dili yorishadi.
    1939 yilda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, Yakkasaroy tumanidagi “Agroqurilishloyiha” MChJ direk¬tori, texnika fanlari nomzodi Nasimaxonning yoshligi qaqroq cho‘llarni o‘zlashtirish harakati boshlangan yillarga to‘g‘ri keldi. U dilidan ana shu cho‘lquvarlar safida bo‘lishni istardi. Ehtimol, shuning uchun ham u aslida yigitlar kasbi sanalgan quruvchi - suvsozlikni tanlagan - dir. 1961 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligini irriga¬tsiya va mexanizatsiyalash institutini tamomlab, institut yo‘llanmasi bilan Andijon viloyatiga yo‘l oldi. Talabaligi poytaxtda, obod shaharda o‘tgan Nasimaxon Andijonning bo‘z yerlarini o‘zlashtirishdagi og‘ir sharoit va qiyinchiliklarga chiday olishiga avvaliga o‘zi ham ishonmadi. Biroq avvalo g‘ururi, ustozlari oldidagi burchini yurakdan anglagani uchunmi biror marta shikoyat qilmadi. Aksincha, tengdoshlariga, hamkasblariga o‘rnak va dalda bo‘ldi. “Andijonsuvqurilish” korxonasi muhandisi sifatida Vodiyning faxriga aylangan Andijon suv ombori qurilishida fidokorlik ko‘rsatgani uchun hukumat faxriy yorlig‘i bilan takdirlandi.
    Nasimaxon ishlab chiqarish jarayonida to‘plagan tajribalariga tayanib, ilmiy ish qilishga jazm etdi. Amaliyotni nazariya bilan davom ettirib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Texnika fanlari nomzodi bo‘ldi. Nomzodlik ishining mavzusi ham O‘zbekiston bo‘z yerlarini o‘zlashtirish va suv qurilishi hakida edi. Olima N. Jalilova 1975 - 1981 yillarda “Suvqurilish davlat ko‘mitasi” texnik boshqarmasiga rahbarlik qildi. 
    Aksincha, tengdoshlariga, hamkasblariga o‘rnak va dalda bo‘ldi. “Andijonsuvqurilish” korxonasi muhandisi sifatida Vodiyning faxriga aylangan Andijon suv ombori qurilishida fidokorlik ko‘rsatgani uchun hukumat faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
    Nasimaxon ishlab chiqarish jarayonida to‘plagan tajribalariga tayanib, ilmiy ish qilishga jazm etdi. Amaliyotni nazariya bilan davom ettirib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Texnika fanlari nomzodi bo‘ldi. Nomzodlik ishining mavzusi ham O‘zbekiston bo‘z yerlarini o‘zlashtirish va suv qurilishi hakida edi. Olima N. Jalilova 1975 - 1981 yillarda “Suvkurilish davlat ko‘mitasi” texnik boshqarmasiga rahbarlik qildi.
    Xalkimizda “Suv keltirgan elda aziz” degan naql bor. Nasimaxon ham shu ulug‘ kasbi orkali aziz bo‘ldi. Xukumatimiz unga Uzbekistonda xizmat ko‘rsatgan irriga¬tor degan faxrli unvon berdi. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi bo‘ldi.
    Nasimaxon opadagi shijoat, rahbarlik qobiliyati “Sredazgiprosel - stroyindustriya” instituti (endilikda u “Agrokurilishloyiha” deb yuritiladi)ga yetakchilik davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Moliyaviy jihatdan ham o‘zini ancha tiklab olgan institut o‘nlab Respublikamiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan qo‘shma korxonalar ob’ektlarining smeta hujjatlarini ishlab chiqdi.
    Nasimaxon Jalilova 1981 yildan buyon Yakkasaroy tumanidagi “Agroqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatning direktori.
    Nasimaxon Xalilovna ana shunday mas’uliyatli vazifani uddalash bilan birga Nodiraxon va Jasurbekdek farzandlarni ham ziyoli, olim kilib voyaga yetkazdi. Nabiralarini yetaklab singillari Ma’sudaxon, Mahbubaxonlarnikiga mehmonga borishga, ularga maslahat, yo‘l - yo‘riqlar berishga ham vaqt topadi. Eng muhimi dili to‘la olam - olam rejalar, orzular bilan yashaydi.
 

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5