O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jalilova Saida

Jalilova Saida    Saida Jalilovani taqdir  Toshkent  texnika universitetiga olib keldi,  iqtisodchi - muhandis mutaxassisligini tanladi. U o‘z ish faoliyatini  ham  mutaxassisligidan kelib chiqib boshladi, avvaliga qurilish  tresti  laborotoriyasida muhandis, Shayxontohur tuman  mamuriy  binolar  boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlayotgan  Saida Jalilova o‘z  faolligi,  tadbirlarda bosh - qosh bo‘lishi,  intiluvchanligi bilan  ko‘zga tashlandi. Jamoat ishlarida  faol bo‘lgan  Saida Jalilovani 1995 yili Shayhontohur tuman  xotin - qizlar  qo‘mitasiga  rais  etib  tayinlashdi.2000 - 2003 yillar esa  ana shu  tuman  korxonalarni  ro‘yxatga  olish  boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishladi. 2003 -  yildan  hozirga qadar “Tadbirkorlik subyektlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  inspektsiyasi“ boshlig‘i. Yaqinda  tuman  xotin - qizlar  qo‘mitasi  bilan  hamkorlikda  “ Rahbar  ayollar” klubi  tashkil etib, klub raisi  sifatida  tumanning  faol  rahbar  ayollari  bilan  turli  tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar o‘tkazmoqda.
    Saidaxonning  bolaligi juda  yaxshi muhitda, mehrli insonlar   bag‘rida o‘tdi. Otasi Shavkatjon aka va onasi Vaziraxon  aya sakkiz  farzandni  tarbiyalab, oliy  malumotli qildilar. Saidaxon  turmush o‘rtog‘i  Hamidullajon  bilan birga  to‘rt farzandni  voyaga yetkazmoqda, uch  nabiraning buvisi. Saidaxon  hanuz  ularga  hayot  saboqlaridan  dars bergan  qaynoonalari  Muhabbat  ayadan  bilmaganlarini so‘rab, o‘rganishdan qochmaydi. U qanchalik  yumushlari ko‘p, vaqti ziq bo‘lishdan qati nazar, shoshilib ish qilmaydi, yetti o‘lchab, bir kesadi.Hayotdagi yutuqlari  esa avvalo, ayolning o‘ziga, intilishlariga bog‘liq, deb biladi. Vafo  va sadoqatni  qadrlaydi, hiyonatni, yolg‘on gapni  kechira olmaydi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5