Jalilova Turg‘unoy 1948 yil 13 martda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1966 yilda shaxardagi 30 - o‘rta maktabni bitirgan. Shu yili Andijon Davlat Pedagogika institutining fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirib, 1970 yili matematika mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli tugatgan. 1971 yilda M. T. O‘razboyev nomidagi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Mexanika va inshoatlarning seysmik mustaxkamligi ilmiy - tekshirish institutiga ishga kirdi. 1975 — 1978 yillari institutda kichik ilmiy xodim, katta muhandis bo‘lgan. Shu bilan barobar M. V. Lomonosov nomli Moskva Davlat universitetining Gaz va to‘lqinli dinamika kafedrasida akademik X. A. Raxmatulin rahbarligida ilmiy tadqiqot ishini olib borib, 1978 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli himoya qildi.
Turg‘unoy Jalilova 1978 - 1980 - yillarda Andijon Davlat pedogogika institutida katta o‘qituvchi, 1980 - 1995 yillarda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon filialida katta o‘qituvchi, dotsent, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va Oliy matematika va algoritmlar nazariyasi kafedrasi mudiri bo‘ldi. 1995 yildan hozirgacha Andijon Muhandislik - iqtisodiyoti institutining Nazariy va amaliy matematika kafedrasida dotsent lavozimida ishlamoqda. Ish faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy, 10 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. Olimaning oilasiga ko‘pchilik havas qiladi. Oila sardori Dilshod Tillayev Andijon Muhandislik - iqtisodiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda matematika fanidan dars beradi.
Tabiiyki, oilasi tinch ayolgina fan sohasida bu qadar muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Turg‘unoy Jalilova o‘g‘il - qizlari, kelin - kuyovlari, shirin - shakar nevaralari davrasida duogo‘y onaxon, qadrdon institutida talabchan ustoz va ardoqli olima bo‘lib kelmoqda.
Yo‘llaringiz yorqin, uyingiz tinch bo‘lsin, zamondosh!
Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon filialida katta o‘qituvchi, dotsent, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va Oliy matematika va algoritmlar nazariyasi kafedrasi mudiri bo‘ldi. 1995 yildan hozirgacha Andijon Muhandislik - iqtisodiyoti institutining Nazariy va amaliy matematika kafedrasida dotsent lavozimida ishlamoqda. Ish faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy, 10 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. Olimaning oilasiga ko‘pchilik havas qiladi. Oila sardori Dilshod Tillayev Andijon Muhandislik - iqtisodiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda matematika fanidan dars beradi.
Tabiiyki, oilasi tinch ayolgina fan sohasida bu qadar muvaffaqiyatlarga eriishish mumkin. Turg‘unoy Jalilova o‘g‘il - qizlari, kelin - kuyovlari, shirin - shakar nevaralari davrasida duogo‘y onaxon, qadrdon institutida talabchan us- toz va ardoqli olima bo‘lib kelmoqda.
Yo‘llaringiz yorqin, uyingiz tinch bo‘lsin, zamondosh!