Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent
1946 yil 5 yanvarda Andijon viloyati Marhamat tumani Polvontosh qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1963 yilda tumandagi 15 - o‘rta maktabni tugallagan. 1964 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutining tarix geografiya fakultetiga o‘qishga kirdi va 1969 yili bitirdi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 1969 - 1970 yillari Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 43 - maktabda geografiya fani o‘qituvchisi sifatida ish boshladi.
1970 - 1971 yillari harbiy xizmatni o‘tadi va 1971 - 1986 yillar davomida Marhamat tumanidagi 13 - maktabda geografiya o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyatini davom ettirdi. 1986 - 1989 yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona tajriba stantsiyasida ilmiy xodim, 1989 - 1994 yillari Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 36 - maktabda geografiya fani o‘qituvchisi lavozimida ishladi.
1992 yili professor O. Komilov rahbarligida “Svoystva i meliorativniye osobennosti gipsonoviyx pochv yujnoy Ferganiy” mavzusidagi nomzodlik ishini yoqladi.
1994 yildan boshlab Fag‘ona davlat universiteti agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasida laboratoriya mudiri, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat olib bordi.
S. Jalolovning xalqaro va respublika jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari, 70 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari chop etilgan. Uning rahbarligida 2007 yili tuproqshunoslik yo‘nalishi talabasi N. Boynazarova Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.