Xursan Rahimberdiyevich Jalolov 1956 yil 5 aprelda Norin tumanidagi O‘lmas qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumandagi 35 - o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand davlat universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1977 yilda yadro fizikasi ixtisosligi bo‘yicha tugatgan..
1977 - 1980 yillarda Norin tumanidagi 35 - o‘rta maktabda fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
1980 - 1983 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (hozirgi Nam- MPI)ning tayyorlov bo‘limida fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.
1983 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Kimyo institutida muhandis lavozimida ishlab, 1984 - 1987 yillarda mazkur institut aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil oldi. 1989 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va unga kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
1990 - 1993 yillarda Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) umumiy fizika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishladi.
1993 yilda unga dotsent ilmiy unvoni berildi.
X.R.Jalolovning ilmiy maqolalari “O‘zbekiston kimyo jurnali”, “O‘zFA dokladlari” jurnallarida, shuningdek, xalqaro va MDH mamlakatlarida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlar to‘plamlarida chop etilgan.
1993 yildan fizika kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
X.R.Jalolov 50 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir.