Jamila Toshpo‘latovna 1950 yilning 18 iyunida Buhoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1967 yil o‘rta maktabni tugatgan. Ilmga bo‘lgan ishtiyoq uni Toshkent Davlat universiteti iqtisodiyot-falsafa fakultetining falsafa bo‘limiga yetakladi. Jamilaxon fanga juda qiziqadi. Uning sirli olami murakkabliklari bilan har qadam, har dam o‘ziga tortardi. Uning nazarida fanda qandaydir ohangrabo, javohir mavjud edi. Talaba ana shu javoxirni topgisi, sirini bilgisi kelaverardi. Shu bois oliygoxni tugatgan Jamilannng bilnm doirasi yoshiga nisbatan juda keng edi. Chindada Allox iqtidorni undan darig‘ tutmadi.
Mexnat faoliyatini shu universitetda o‘qituvchi-assistentlikdan boshladi. Bir yil o‘tar-o‘tmas Moskva Davlat universitetiga stajyor bo‘ldi. 1975—1979 yillarda aspiranturada o‘qib, ilmiy ish yoqladi. Oradan bir yil o‘tgach malaka oshirish institutiga kirdi. Jamila ilm javoxirini izlagan sari u yanada sirliroq ko‘rinardi, 1986 yilda politologlik mutaxassisligi bo‘yicha ToshDUda malaka oshirdi. Bu bilan xam kifoyalanmadi, «Marketnng va menejment», «Jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti», «Moliya va kredit», «Kredit uyushma» kabi qator dasturlar bo‘yicha o‘rgandi, izlandi. AQSh, Turkiya, Germaniya kabi qator davlatlarda bo‘ldi. O‘sha mamlakatlar xotin-qizlarining tadbirkorlik faoliyati xam Jamila Toshpo‘latovnaning nazaridan chetda qolmadn.
Shu bilan birga xotin-qizlarning ko‘proq xuquqiy tomonlari qiziqtirib qoldi. Nafaqat xuquqiy, bank faoliyati to‘g‘risida ham to‘la va chuqur ma’lumotlarni maxsus dasturlar asosida mukammal o‘rgandi. Ayollar va tadbirkorlik xuquqini ximoyalash borasida xalqaro miqyosda o‘tkazilgan simpozium, seminar va konferentsiyalarda faol qatnashdi.
Uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’navin taraqqiyotda xotin-qizlarning" tutgan o‘rni xam ilmiy, ham amaliy jixatdan isbotlangan dasturlari faqat O‘zbekistonda emas, balki Bolgariya, Vengriya, Italiya, BAR, Shvetsiya, Angliya, qo‘shni Qirg‘iznston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi qator davlatlarda qo‘llanmaga aylandi. Shuningdek, xotin-qizlar liderlik ilmny-intellektual potentsialini oshirishga barakali xissa bo‘lmoqda.
Jamila Toshpo‘latovna jamoat ishlarida xam ko‘zga qo‘ringan. U «O‘zbekistonnnng lider ayollari», «Tadbirkor ayol» Assotsiatsiyalari pravlenie a’zosi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatyapti. Bundan tashqari «Himoya» huquqiy markazi, «O‘zbekistonning yurist xotin-qizlari» jamoat birlashmasi faoliyatini usiz tasavvur qilish qiyin. Inson xuquqini himoyalash soxasida halqaro rang treneri borasidagi ishlari ham tahsinga loyiq.
Ayni paytda qahramonimiz Toshkent shahar «Tadbirkor va ishbilarmon xotin-qizlar» uyushmasining maslahatchisi hamda resepublika xotin-qizlar qo‘mitasi ekspertligidan tashqari,tadbirkorlik yo‘nalishida - uchun ishlab chiqarish va tegirmonnnng zamonaviy texnologiyalarini xorijiy davlatlardan keltirib axolini yanada sifatli un bilan ta’minlash borasida izlanmokda.
Ulkan ishlarni bajarishda turmush o‘rtog‘i - iqtisod fanlari nomzodi, M.Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet o‘qituvchisi R.Ilyosov yaqindan ko‘makdosh. Qizi Oydin shu universitet aspiranti. Jamila opa ikki nabiraning suyukli buvijonisi. Bir ayolning shuncha ishni eplashi, bajarish — bu saodat, Allox tomonidan berilgan ne’matdir.