Jamolova Mamura Salohiddin qizi 1957 yil 7 aprelda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1975 yilda Namangan maktabgacha pedagogika bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1981 yilda Namangan Davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. So‘ng Namangan shahridagi 22-o‘rta maktabda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1988 yilda Namangan Davlat universitetining Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasiga tanlov asosida ishga qabul qilindi, 1984-1992 yillarda A.Navoiy nomidagi Adabiyot ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi sifatida ish olib bordi. 1992 yil «XIV —XV asr nomalarining janr xususiyatlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olima mumtoz adabiyot namunalarini tadqiq etish hamda adabiyot o‘qitish texnologiyasi borasida ilmiy izlanishlar olib boradi.
Filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi M.Jamolovaning 30 dan ortiq ilmiy, uslubiy, axloqiy-ta’limiy xarakterdagi maqolalari Respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy jurnal va to‘plamlarida chop etilgan. Bir monografiyasi nashrdan chiqqan.
Ma’muraxon 1988 yildan beri Namangan Davlat universitetida ishlaydi. U xar bir davraning, yig‘inning ardoqli va mo‘‘tabar mehmoni. Qalbi daryo, mehri dunyo qadar. Usiz tadbirlar go‘yo fayzsizdek. U ishtirok etgan kechalar, u uyushtirgan yig‘inlar quvnoq va mazmunli o‘tadi. M. Jamolova maorif vazirligi, viloyat, ishhar va universitet faxriy yorliqlari bilan bir necha bor taqdirlangan.
U baxtli oila bekasi. Turmush o‘rtog‘i A. Rahimov inje- ner-texnolog. Ular bir qiz va to‘rt o‘g‘ilning ota-onasi, to‘rt nabiraning suyukli buvi-yu buvajonisi. «Men ko‘ngil ko‘zini ochishni istardim. Talabalarim ertangi kun egalari. Ulardagi mudroq tuyg‘ular uyg‘onsa, ota-onalari, aj dodlari merosiga sadoqatli bo‘lib yetishishsalar deya niyat qilaman va shu yo‘lda meqnatimni ayamayman», - deydi zamondoshimiz Ma’muraxon. Bizlar uning ezgu niyatlariga sherikmiz. Zero, har birimizning umidimiz ertadan.