Jobirxon Mirzayevich Muhamedov 1946 yil 21 sentyabrda Namangan shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1953 yil shahardagi 5 - o‘rta maktabning 1 - sinfiga o‘qishga kirib, 1964 yilda 1 - sinfni tamomlagan. Shu yili Toshkent politexnika institutiga o‘qishga kirgan va 1969 yilda tugatib, muhandis - mexanik mutaxassisligini egallaggan.
Mehnat faoliyatini 1969 yilda O‘zFA Kibernetika va hisoblash texnikasi institutida kichik ilmiy xodim likdan boshlagan.1973 - 1976 yillarda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi ilmiy - tekshirish institutida aspirant va 1982 yilgacha shu institutda ilmiy xodim, ilmiy kotib bo‘lib ishlagan.
U samarali ilmiy ishlari uchun 1977 yilda fan va texnika sohasida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar mukofoti laureati bo‘lgan.
1980 yilda Tbilisi politexnika institutining Ixtisoslashgan kengashida “Fazoviy mexanizmlarning OVX-14 mashinasiga qo‘llangan holda tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 1990 yilda esa dotsent ilmiy unvonini olgan.
U 1982 yildan buyon TashPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi, dotsent, dekan, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha muovini, prorektor va 1995 yildan boshlab “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
1989 yilda “Osnovn modelirovaniya zadach poteorii mashin i mexanizmov na AVM” nomli darsligi “O‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan. Uning hozirgacha 100 dan ziyod ilmiy - uslubiy maqolalari chet el va respublika nashrlarida chop etilgan. 11 ta ilmiy ixtirosi uchun patent olgan. Uning rahbarligida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Hozirda “G‘o‘za qator oralig‘iga bug‘doy ekish texnologiyasi va apparatini yaratish” bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy - tadqiqot ishiga rahbarlik qilmoqda.