O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jo‘raboyev Madamin

Jo‘raboyev Madamin    Madamin Jo‘raboyev 1945 yili 2 mayda Namangan shahrida  tug‘ilgan. 1964 yilda Toshkent temir yo‘l transporti texnikumini va 1971 yilda Toshkent temir yo‘l transporti  muhandislari institutini tugatgan. “Avtomatika , telemexanika  va aloqa”  bo‘yicha  muhandis - elektrik  tarmoqlari korxonasida  texnik , muhandis, katta muhandis, dispetcherlik va texnologik boshqaruv jihozlari xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 1982 yildan ToshPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) assistent, katta o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    1982 yildan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini elektrlashtirish sohasida, qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalari bo‘yicha qishloq xo‘jalik biologik ob’ektlarini elektr ta’sirlar bilan rag‘batlantirishni ishlab chiqish va asoslash muammosi ustida ilmiy ish olib bordi. 1986 yilda Ukraina qishloq xo‘jalik akademiyasida texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Tut ipak qurtini boqish vaqgida qo‘llash uchun suvni elektr bilan faollashtiruvchi qurilmaning asosiy parametrlarini asoslash” mavzusida dissertatsiya yoqladi, 2003 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika institutida texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun “Tut ipak qurti va tut barglarini elektr bilan stimullash” mavzusida dissertatsiya yoqladi.
    Bajargan ilmiy izlanishlari bo‘yicha 70 dan ortiq idmiy ish chop ettirgan, shu jumladan, Moskva, Toshkent va Farg‘ona davriy ilmiy jurnallarida 20 ta ilmiy maqola; xalqaro va respublika ilmiy konferentsiyalarida ishtirok etgan va ma’ruzalari chop etilgan; turli ilmiy to‘plamlarga 22 ta ilmiy maqolalari kiritilgan; Moskva va Toshkentda 4 ta ilmiy hisobot, 9 ta maqola va monografiya deponirlangan.
    Pedagogik faoliyati davrida 40 ta ilmiy va o‘quv  - uslubiy ishlari chop etilgan. “Elektronika asoslari”, “Elektr stantsiya va nimstantsiyalarning elektr uskunalari”, “Elektrotexnologik qurilmalar” fanlaridan ma’ruzadar kurslarini chop ettirgan.
    M. Jo‘raboev bakalavriat yo‘nalishi tajriba ishlari uchun moddiy baz yaratishga alohida e’tibor berib, elektroenergetikaning kasb ta’limi bo‘yicha magistraturasi uchun standartlar, o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlagan hamda magistraturaning 2 fanidan ma’ruzalar kursini yozgan. Shuningdek, u bakalavriat uchun “Elektronika asoslari” o‘quv qo‘llanmasini va kasb - hunar kollejlari uchun “Elektronika va mikro -  elektronika asoslari” fanidan darslik yaratgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5