O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jo'raboyeva Mavludaxon

    Jo‘raboyeva Mavludaxon 1950- yil 1- martda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1980- yilda Namangan Davlat pedagogika institutining tarix va jamiyatshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, 1985- yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1982- yildan Namangan shahridagi 38-maktabda tarix o‘qituvchisi bo‘lib ish boshladi. 1985-yildan e’tiboran maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. So‘ng Jo‘raboyeva Mavludaxon direktor vazifasini bajarib turish topshirildi. Bu davrda maktab o‘quv ishlari bo‘yicha shahardagi oldi maktablardan biri bo‘lib qoldi. U 1995- yilning yanvarigacha shu vazifada ishladi. So‘ng shahar hokimining qarori bilan hokimning fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport va aholini ijtimoiy himoyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. M. Jo‘raboeva 1998- yilning fevralidan Namangan viloyati hokimligi madaniyat ishlari boshqarmasiga qarashli «Nodira» nomli viloyat ilmiy-ommabop kutubxonasiga direktor etib tayinlandi. Kutubxonada, yangi sohada ish boshlash uchun u o‘z ustida tinmay ishladi. 2000-yilda Moskvadagi «Rudamino maktabi»da malaka oshirib qaytdi. 1999-yil hamda 2001-yilda Rimda o‘tkazilgan «Butun jahon kutubxonachilarining konferentsiyasi»da ishtirok etdi. Mavludaxon iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ta’lim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlariga ko‘maklashish, barkamol avlodni voyaga yetkazishda kutubxona faolligini oshirish uchun qator vazifalarni maqsad qilib qo‘ydi. Uning boshchiligida kutubxonani huquqiy axborot markaziga aylantirish, bu yerda iqtisodiy, siyosiy, huquqiy bilimlar targ‘iboti tizimini yaratish, nodavlat notijorat xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, kutubxonalarda xizmat turlarini takomillashtirish orqali dunyo axborot bazasiga kirib, kutubxonalar o‘rtasida zamonaviy texnika aloqasi o‘rnatish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirib ommaga yetkazishdan iborat tadbirlar ishlab chiqildi. 2000-yilning may oyida tashkil etilgan viloyat «Kutubxonachi ayollar assotsiyatsiyasi» bu yo‘ldagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi. Jamoaning taklifi bilan ushbu Assotsiatsiyaga rais etib Mavludaxon Jo‘raboeva tayinlandi. Tashabbuskor, ziyrak va zukko M. Jo‘raboeva Namangan viloyati Xotin-qizlar ko‘mitasi, Namangan shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi. Hayotdagi yutuqlarini ko‘lga kiritishida turmush o‘rtog‘i Nurmatjon Jo‘raboev yelkama-elka turib qiyinchiliklarni yengib ketishga undab turibdi. To‘rt farzandi, kelin va kuyovlari, nabiralari qurshovida Mavludaxon yanada yashnab yayrab ketadi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar40



Filologiya20