Filologiya fanlari doktori
1961 yil 13 martda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1978 yilda tumandagi 30 - o‘rta ta’lim maktabini imtiyozli tamomladi. 1980 - 1984 yillar davomida Farg‘ona davlat pedakkk instituti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi va ushbu oliy o‘quv yurtini imtiyozli diplom bilan bitirdi. 1984 - 1986 yillar davomida armiya safida xizmat qildi.
1986 - 1989 yillarda institutning “Pedagog” gazetasiga muharrirlik qildi.
1989 - 1991 yaaad Farg‘onallat universiteti o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, 191 yildan boshlab esa mazkur kafedraning katta o‘qituvchisi sifatida faliyat olib bordi.
1993 yili “Alisher Navoiyning keksalik davri lirikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 2001 yili dotsent ilmiy unvonini oldi.
2001 yili “Eng yaxshi voiz” respublika ko‘rik - tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
2002 yilning fevral oyidan 2007 yil noyabr oyigacha FarDU Taxririyat va nashriyot markazini boshqardi.
2006 yili filologiya fanlari doktori, professor A. Hayitmetov ilmiy rahbarligida “Alisher Navoiy lirikasida voqelikning poetik talqlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Pedagogik faoliyati davomida 2 ta Navoiy nomidagi davlat stipendiati va 2 nafar Prizident stipendiatlari tayyorlagan.
2008 yilda O‘rta asrlar Sharq adabiyoti namoyondalari ilmiy - adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari uchun Xalqaro “Antik dunyo” akademiyasining professori unvoniga saovor bo‘ldi. Ilmiy - pedagogik faoliyati davomida 2 ta monografiya. 2 ta risola va kitoblari nashr etildi, shuningdek, 50 dan ortiq ilmiy, ilmiy - ommabop maqolalari respublika hamda xorij matbuoti, ilmiy nashrldarida e’lon qilingan. O‘nlab o‘uuv, ilmiy hamda adabiy nashrlarga ma’sul muharrirlik qilgan.