Filologiya fanlari nomzodi
1946 yil 10 mayda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tavallud topgan.1953 - 1963 yillari tumandagi 8 - umumta’lim maktabida o‘qigan. 1963 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining chet tillari fakultetiga o‘qishga kirib, 1968 yilda ingliz tili o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tamomladi. Ingliz tili kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga o‘qituvch ibo‘lib qoldirilgan. 1970-1972 yillarda Moskvadagi chet tillar o‘qitish metodikasi institutida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.
T.Jo‘rayevingliz tili kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida faol mehnat qildi. U kafedra mudiri lavozimida umumta’lim maktablarida ingliz tili o‘qitish bo‘yicha kafedra bilan umumta’lim maktablari o‘rtasida aloqa o‘rnatishda katta ishlarni amalga oshirgan. 1995 yilga qadar universitetda dars berdi. “Tilshunoslikka kirish”, “Leksikologiya”, “Tarjima nazariyasi”, “Chet el adabiyoti” fanlaridan o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’ruzalar o‘qidi.
1994 Yilda o‘zbek adabiyoti bo‘yicha “Ong oqimi va tasviriylik” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1995 yilda “Fargona” nashriyotiga direktor bo‘lib ishga o‘tdi. 2005 yildan esa Matbuot va axborot boshqarmasi boshligi vazifasini bajardi.
1993 yilda olim va adibning “Qishloqliklar” hikoyalar to‘plami, “Jeyms Joys” ilmiy risolasi nashr qilindi. Shuningdek, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka doyr “O‘zbek tili va adabiyoti”, “O‘zbek tili fonetikasi”, “O‘zbek tili leksikologiyasi” qo‘llanmalariga ham mualliflik qildi.
Serqirra ijodkor K.Grehemning “Hammamiz ham darbadar”, G.Uellsning “Doktor Moro oroli” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Uning publitsistikaga oid “O‘zbekiston matsestasi”, “Yaxshi hammaga kerak” kabi qissalari e’lon qilindi.
2004 yilda “Arvox tunda izg‘iydi”, 2006 yilda “Bozor dunyo” romanlari, 2007 yilda “Asr tuqqan odamlar” qissa, novella va hikoyalar to‘plami nashr etilgan.