O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jumabayeva Jamila

Jumabaeva Jamila    Agar inson astoydil istasa har qanday orzusiga erishishi, har mushkulni yengishi, bariga ulgurishi mumkin ekan. Buning uchun qalbda ishonch, vujudda g‘ayrat bo‘lishi juda muhim... O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining dotsenti Jumabaeva Jamila Sharipovna pedagogik faoliyati, ilmiy ishlari, olimalik yumushlari, jamoat ishidagi faolligidan tashqari oilasining oqila bekasi, to‘rt farzandni voyaga yetkazayotgan fidoyi ayol.
    Jamila Jumaboeva 1989 yil ToshDU (Hozirgi UzMU)ning Romagerman filologiyasi  fakultetining Ingliz filologiyasi 106 bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1994 yilda o‘qishni bitirgach, bir yil davomida Ingliz filologiyasi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishladi. 1995 yildan 2000 yilgacha Germaniyaning Luzo Konsalt GmbX, Toshkent byurosida referent-tarjimon lavozimida faoliyat olib bordi. Ushbu firmadagi faoliyati davomida Jamila Jumabaeva Isroil davlatining Xayfa shahrida "Kichik biznesni tashkil qilish va menejment" 2 oylik ingliz tilidagi kursda ta’lim oldi. Yoshlar muammolari instituti qoshidagi «Tilmoch» o‘kuv markazida metodist bo‘lib ishladi. 2001 yildan 2007 yilgacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti chet tillar kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritdi. O‘qituvchilik faoliyati bilan birga ushbu universitetning iqtisodiyot fakultetida ikkin- chi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olib, xalqaro iqtisodchi bakalavr diplomini oldi.
    2006 yilda Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjima nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiydarajasini oldi. So‘ngra Ijtimoiy-gumanitar biznes va huquqshunoslik yo‘nalishlari uchun chet tillar kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimida hamda Fakultetlararo chet tillar kafedralari bo‘yicha xorijiy filologiya fakulteti dekani muovini lavozimida ishladi. Doktoranturada tahsil oldi.
    Jamila Jumabaevaga 2009 yilda Qiyosiy- tarixiy, tixnologik va chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 2012-2013 yillar davomida Xorijiy filologiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bordi. 2014 yildan buyon Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    Hozirgi kunda "Ingliz va o‘zbek tillarida leksik hamda stilistik graduonimiya" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida. O‘zining nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalari mavzulari bo‘yicha bir qator xalqaro (Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Avstraliya) va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
    Dotsent Jumabaeva Jamila Sharipovna 50 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalar muallifi bo‘lib, universitetda faoliyat olib borish davrida 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop ettirdi. 2011 yilda Prezident huzuridagi "Iste’dod" jamg‘armasi byudjeti sohibi bo‘ldi va ushbu byudjet bo‘yicha 2015 yilda Buyuk Britaniyanipg Norvich shahridagi Til o‘qitish institutida o‘z tajribasini oshirib qaytdi.
    Olima 2010-2013 yillar davomida Erasmus Mundus xalqaro byudjet ishchi guruhi a’zosi bo‘ldi.
    Jamila Jumabaeva oilali, to‘rtta farzandning onasi. Turmush o‘rtog‘i Jumabaev Davlatboy Xalillaevich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Mexanikamatematika fakulteti dekani, dotsent, fizika- matematika fanlari nomzodi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya55