O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Jumaniyozova Muhabbat

    1992 yilda Xorazm  Davlat pedagogika  instituti  o‘zbek filologiyasi  fakultetini  imtiyozli  diplom  bilan tugatib,  shu institutning  fakultetlararo o‘zbek  tili  o‘qitish  kafedrasida ishga  qoldirildi.  Institutda ish  boshlashi  bilan 1994 - 1997 yillarda  Urganch  Davlat  universitetining  kunduzgi  aspiranturasida  o‘qidi . Aspiranturada  o‘qish  muddati  tugagach , o‘zbek  tilshunosligi  kafedrasida  o‘qituvchi , Xorazm Mamun akademiyasining  til va adabiyot bo‘limida ilmiy xodim vazifalarida ish boshladi. M.Jumaniyozova pedagogik faoliyatini ilmiy ish bilan birga olib bordi. U filologiya fanlari doktori, professor Zarifboy Do‘simov rahbarligida “Xorazm xalq qushiqlari leksikasi” mavzusida dissertatsiya yoqladi va filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. M.Jumaniyozova tadqiqot mavzusiga doir bir qancha ilmiy va ommabop maqolalarini gazeta va jurnallarda e’lon qildi. Respublika yosh tilshunos olimlarining an’anaviy ilmiy - nazariy anjumanlarida uz ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda. Farzandini tarbiyalab, kamolga yetkazmoqda. Jamoada izlanuvchanligi o‘z kasbiga fidoyiligi bilan obro‘  qozongan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80