O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kalonov Bahodirjon Sirojiddinovich

Fizika – matematika fanlari  nomzodi, dotsent

    1942 yilda Andijon  shahar Qatorterka  mahallasida tug‘ilgan. 1959 yili maktabni  alo boholarga  tamomlab, Farg‘ona pedagogika  institutining fizika - matematika  fakulteti matematika va chizmachilik  bo‘limiga  o‘qishga  kirdi. B. Kalanov faqat alo  baholarga o‘qibgina  qolmasdan, institutning jamoat ishlarida faol qatnashar va tashkiltchilik  qobiliyatini  namoyon qilardi. 1964 yilda  institutni  imtiyozli diplom bilan  tamomladi. Shu yili matematik analiz kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishga qoldirildi. 1968 yili B. Kalonov  professor  Q. Boyqo‘ziyev rahbarligida  “Chegarada  buziladigan xususiy  hosilasi differentsial tenglamalar”  mavzusi bo‘yicha  ilmiy ish olib borib , shu  sohani chuqur o‘zlashtirdi. U yakka  mualliflik  va ham mualliflikda (professor J.Karimov va Q. Boyqo‘ziyevlar bilan birgalikda) markaziy ilmiy jurnallarda  maqolalar  chop ettirdi va respublika  miqyosidagi  ilmiy - nazariy konferentsiyalarda ilmiy  maruzalar  qildi. 1978 yili Samarqand savdo institutida  tashkil etilgan Jahon matematiklari kongressiga    B. Kalonov  tenglamalarni yechishda Grin  funktsiyasini tuzish , uning yettita xossasini tekshirish  va tenglamalar yechimi bo‘lish shartlarini  nazariy  hamda amaliy jihatdan isbot qilinishiga oid maruza bilan qatnashib , Farg‘ona matematika maktabining ilmiy salohiyatini namoyon etdi.
  B. Kalonov 1983 yili O‘zbekiston  Respublikasi FA Matematika instituti  ixtisoslashtirilgan Kengashida  fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy  darajasini olish uchun  dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli himoya qildi. U o‘z  ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yigirmadan ortiq ilmiy  maqolalarini elon qilgan. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5