Kalonova Feruza Sayfullayevna, 19 oktyabr 1947 yilda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Suv xo‘jaligini boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Feruza Sayfullayevna Toshkent xalq xo‘jaligi institutining xalq xo‘jaligini rejalashtirish fakultetini tugatgan. Demak, bajarilayotgan har bir ishning natijasini avvaldan rejalashtiradi. Bu esa ayol kishi uchun eng zarur, biroq juda noyob fazilat. Negaki, bu ish hamma ayolning ham qo‘lidan kelavermaydi. Topish erdan, tutish uni joy - joyiga qo‘yib, rasamadi bilan sarflash uy bekasidan degan gap bejizga aytilmagan.
Feruzaxonning bu mutaxassislikni egallashi esa nafaqat ro‘zg‘or balki, jamiyatimizning, xalq xo‘jaligimizning muvaffaqiyatli rivojlantirishda ham ayni muddao bo‘lgan desak xato bo‘lmaydi. Chunki aslida ham har bir ishda ayol qalbi, ayol tadbirkorligi va ayol ziyrakligi talab qilinadi. Institutni tugatgan Feruzaxon xuddi ana shu ezgu maqsad bilan ish faoliyatini, ko‘pchilik orzu qiladigan Davlat rejalashtirish qo‘mitasining axborot hisoblash markazida ilmiy xodimlikdan boshladi. Ushlagan joyini uzadigan, degan naql aynan Feruzaxonga aytilgandek edi. U ishga astoydil kirishdi, bilmaganlarini so‘rashdan, o‘ziga ma’qul bo‘lmagan loyihalar kamchiligini shartta - shartta aytishdan cho‘chimadi . Bu fazilati esa rahbariyatga ham, ustozlarga ham maqul edi. Negaki, demak yosh mutaxassis olg‘a intilyapti, o‘z sohasi bo‘yicha ko‘proq bilimga , o‘z kasbining ustasi bo‘lishga xarakat qilyapti. Shunday ekan , unga ishonsak bo‘ladi, - deyishdi ular. Ko‘p o‘tmay Feruza Sayfullayevna fan va texnika sektori boshlig‘i etib tayinlandi. 1989 - 1991 yillarda esa iqtisod ilmiy tadqiqot institutining davlat rejalashtirish iqtisod bo‘yicha qo‘mitasining yetakchi ilmiy xodimi vazifasida ishladi. Feruza Sayfullaevaning zimmasidagi yuk ikki baravariga oshdi. Endi nafaqat xodim yoki mutaxassis balki olima sifatida ham o‘z istedodini namoyon etishi kerak. U bu vazifani O‘zbekiston Respublikasi prognozlashtirish Davlat qo‘mitasida yetakchi ilmiy xodimlik chog‘ida ham , O‘zbekiston –Tojikiston tashqi xalqaro assotsiatsiyasini menejeri, ”Sayfiniso” ilmiy ishlab chiqarish korxonasiga direktorlik chog‘ida ham sharaf bilan tuddaladi. Mana 15 yildirki u Toshkent irrigatsiya va meloratsiya institutida mehnat qilayapti.
“Istedod “ jamg‘armasida masofali o‘qitish markazida 120 soatli “Manaviyat va marifat”, “Innovatsion texnologiyalar” hamda “Axborot texnologiyalari va masofali o‘qitish “ qismini muvaffaqiyatli tugatgan Feruza Sayfullaevna yangi zamrnaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tishi , zamon bilan hamnafasligi uchun ham talabalar orasida hurmat-etibor qozongan. Talabalariga bugungi kun talabidagi “enejment” , “Shaxsni boshqarish”, “Tashkil etish nazariyasi” fanlaridan qiziqarli maruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tar ekan, shogirdining qiziqish va intilishlarini erinmay o‘rganadi, yordamini ayamaydi.
Olima institutda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarning faol ishtirokchisi. Uning “Ilm - fan taraqqiyotida olima ayollarning o‘rni” mavzusidagi ilmiy amaliy anjumandagi maruzasi yangi fikr va takliflarga boyligi bilan barchaga manzur bo‘ldi.
Yuqorida Feruza Kalonovaning rahbarlik, olimalik va pedagogik faoliyati haqida to‘xtaldik. Endi barcha ayol orzu qiladigan uning oilasi haqida ikki og‘iz so‘z: Malikaxon va Dinaraxon ismli oqila, ziyoli qizlarning talabchan , mehribon onasi. Bir - biridan shirintoy besh nabiraning ardoqli buvijonisi.
Lekin Feruza Sayfullaevna hamon safda , u qadrdon ishxonasining serg‘ayrat xodimasi. Har bir daqiqani qadrlaydigan ustoz iqtidorli talabalarni yig‘ib “Tadbirkor menejer “ to‘garagi tashkil qilgan Yuqorida har bir ishni reja bilan amalga oshirishga odatlangan ayol oilaning, xodim esa korxonaning xazinasi degandik. Feruza Sayfullaevna ana shunday ustoz, olima. Biz ishonamiz, ular XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlarni allaqachon rejalashtirib qo‘yganlar. Bu rejalar orasida nabira to‘ylari , o‘zlarining ajoyib yubileylari ham borligi shubhasiz.