O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Kamolova Zuxra

    Har bir inson xayotda o‘z o‘rni, mavqei, saloxiyati va yo‘lini topib olishida ustozlarning maslaxati, ko‘magi, yo‘l-yo‘rig‘i muhim o‘rin tutadi. Biz ulardan ibrat olamiz, ularga xavas qilamiz. Shunday ustozlardan biri, butun umrini ilmga va yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan Toshkent Davlat agrar universigetining dotsentn, biologiya fanlari nomzodi - Zuxra Yakubovna Kamolovadir.
    Kamolova Zuxra Yakubovna 1943 yil 2 dekabrda Namangan shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1961 yilda o‘rta maktabni tugatib, Samarqand davlat universitetining biologiya fakulgetiga o‘qishga kirib, 1966 yilda muvaffaqiyatli tugatdi.
    U o‘z ish faoliyatinn O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim bo‘lib boshladi. 1969—1972 yillarda aspiranturada o‘qib, 1973 yilda biologiya fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    1977 yildan boshlab Toshkent Davlat agrar universitetining o‘simliklarni ximoya qilish fakultetida avval assistent, keyin dotsentlik lavozimida ishlab keldi. Ko‘i yillar mobaynida Zuxra Yakubovna talabalarga va magistrlarga o‘simliklarni himoya qilish fanlaridan dars berib keldi.
    Pedagogik faoliyati bilan birgalikda ilmiy ishlarni ham samarali olib bordi, bu uning o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi tadqiqotlari, yetmishdan ortiq ilmiy maqolalarida va uslubiy qo‘llanmalarida o‘z aksini topgan.
    Zuxra Kamolova universitet va fakultet ijtimoiy hayotida faol qatnashnb, universitet talabalari ilmiy jamiyatining rahbari (1985—1999) va «Agrokimyo» va o‘simliklarni himoya kilish fakulteti Xotin-qizlar kengashining raisi (1990 1999) bo‘lib ishladi. Zuhra Kamolova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qator Faxriy yorliqlari bilan takdirlangan. O‘zining xalol mexnati, sa-mimiyligi va tanlagan kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan universitet jamoasi orasida o‘z o‘rni, saloxiyati va obro‘-e’tiboriga ega inson.
    U 1999 yildan boshlab 2005 yilgacha dotsentlik lavozimi bilan birgalikda Toshkent viloyati «Oila» ilmiy-amaliy markazining raxbari bo‘lib ishladi. Viloyatda yashovchi oilalarni har tomonlama mustahkamlash, unga taalluqli ijtimoiy muammolarni xal etish, yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash, oila a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish kabi ishlarini amalga oshirgan va samarali mexnati uchun viloyat va respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bir nechta Faxriy yorliqlar bilan takdirlangan. Hozirgi kunda xam ustoz Respublika ijtimoiy yo‘nalishdagi mahsus gimnaziyasida o‘z ish faoliyatini olib bormokda.
    Zuxra opa oilali, turmush o‘rtoqlari Ergash aka bilan baxtli xayot kechirmoqda, uch nafar farzandning mexribon onasi, besh nafar nabiralarning sevimli buvijonisi. Farzandlari o‘qimishli, jamiyatimizning turli soxalarida mehnat qilib kelmokdalar. O‘g‘li Baxtiyor Ibragimov Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimi, katta qizi Olima Ibragimova shifokor, kichik qizi Nigora Ibragimova yetakchi iqtisodchi mutaxassis.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar85



Filologiya5