Tibbiyot fanlari doktori, professor
Xurram Esonqulovich Karabayev 1957 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi Ag‘ron qishlog‘ida oddiy cho‘pon oilasida dunyoga keldi.
Otasi rahmatlik Esonqul bobo yetamlikda katta bo‘lib, maktab nimaligini bilmagan. Onasi Tursunnoy moma esa yettinchi sinfni tamomlagan. Ular olti o‘g‘il, ikki qizni bekamu kust tarbiyalashgan. Xurram ikkinchi sinfga o‘tganida revmatizm kasaliga chalinib yurolmay, shifoxonada 40 kun davolangandi. Ushanda shifokor Sofiya Abramovnaning bemor bolalarga munosabatini ko‘rib, qalbida bolalar shifokori bo‘lish istagi tug‘ilgan...
U 1974 yili Narpay tumanidagi 105 - o‘rta maktabni tugatgach, Agroy qishlog‘i tarixida birinchi bo‘lib, Samarqand Tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan talaba bo‘ldi. Rus tilini bilmagan Xurram 3 - kursda o‘zbek - rus zabon aralash 140 talabali “patokga boshchi (starosta) qilib tayinlanishining o‘ziyoq undagi tirshiqoqlikdan, iste’doddan darak berardi. U o‘shanda ustozlari - professorlarga o‘xshashni havas qilgandi...
Yosh shifokor 1980 yili institutni bitirib, SamTIning ikkin¬chi klinikasi LOR bo‘limiga ordinatorani o‘tadi. LOR amaliyotidagi birinchi ustozi bo‘lim mudiri A. B. Maxmudov bo‘ldi. X. Karabayevdagi tirishqoqlikni ko‘rgan professor T. X. Nasretdinov unga ilm bilan shug‘illanishni taklif qildi. Bo‘lajak olim 1985 yili aspiranturaga qabul qilindi. 1981 yili esa ilmiy ishini Moskva LOR kasalliklari ilmiy - tadqiqot instituti, vrachlar malakasini oshirish instituti va Butun ittifoq onkologiya ilmiy markazida davom ettirdi. 1989 yili “Bolalardagi qaytalanuvchi o‘rta otitlarni kompleks davolashda immunomodulyatorlar qo‘llashni asoslash” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, Samarqanga qaytdi... Keyingi yillar olim uchun har tomonlama ulg‘ayish va yuksalish davri bo‘ldi: SamTI LOR kasalliklari kafedrasi assis-tenti, ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi LOR bo‘limining mudiri, kafedra dotsenti, 1995 yil dotsentlik ilmiy unvoni olishi, SamTI davolash fakultetida dekan o‘rinbosari, ToshMIning ixtisoslashgan ilmiy kengashida “LOR a’zolarining yiringli - yallig‘lanish kasalliklarini samarali tashxislash, davolash va oldini olishni klinik, immunologik va biokimyoviy usullarni qo‘llab asoslash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, LOR kasalliklari kafedrasi dotsenti bo‘lshni va Samarqand tez tibbiy yordam markazi LOR bo‘limining mudiri, Chelak va Payariq tumanlari markaziy shifoxonasining bosh vrachi so‘ng ToshPTI LOR kafedrasi professori Sog‘liqni saqlash vazirligida bolalar otorinolaringologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassis, SamTI LOR kasalliklari kafedrasining mudiri, ToshP GI klinikasi LOR bo‘limi mudiri va bugungi kunda LOR kasalliklari kafedrasi professori bo‘lib ishlab kelayotgani shifokorni yuksak iqtidori va katga tajriba sohibi ekanligidan darak beradi. U chet ellarda chiqadigan kagor tibbiyot jurnallarining tahririyat a’zosi hamdir. X. Karabayev 2012 yildan buyon UzRSog‘liqni saqlash vazirligida bolalar otorinolaringologiyasi bosh mutaxassisi va ToshD Stomatologiya institutda qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengash va seminar kengashi a’zosi. X. E. Karabayev rahbarlngida 1 ta nomzodlik 1 ta doktorlik va 20 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Olim - 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta ratsionalizatorlik takliflar, 2 ta patent, 10 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Salohiyatli olim va malakali shifokorning ezgu amallarining olgan duolarining adog‘i yo‘qdir...
X. E. Karabayev rafiqasi Kubora opa (shifokor) bilan farzandlari: Xurshidjon (xalqaro iqtisodchi), Dilshodjon (Sog‘liqni saqlash vazirligida mas’ul xodim), Zilolaxon (ToshPI talabasi) larni tarbiyalab, elga qo‘shganlar. Ular uch nabiraning mehribon bobo va buvijonisi...
Xar tong quyosh yotog‘idan bosh ko‘targanida Xurram Karabayevdek xamyurtlarimiz el salomatligi yo‘lida yangi rejalar bilan ishga otlanadilar. Ular yurgan yo‘llarda ezgulik va yaxshilik chechaklari unib, atrofni Omonlik, Obodlik kabi xushbo‘y iforga to‘ldiraveradi.