O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimboyeva Salomatxon Isaboevna

Karimboyeva Salomatxon Isaboevna    Salomatxon Isaboevna  Karimboeva 1948 24 iyunda  Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani  Nanay qishlog‘ida dehqon oilasida  tug‘ilgan. 1956 yili Zarkent  qishlog‘idagi  30 - o‘rta maktabning 1 - sinfiga o‘qishga kirib, 1966 yilda  10 - sinfni tamomlagan. 1966 - 1967  yillarda Andijon buxgalterlar tayyorlash maktabida  tahsil olgan.1967 - 1971 yillarda  Zarkent bog‘ - uzumchilik  sovxozi  boshqaruv  tizimida mas’ul  vazifada ishladi. U 1968 - yil Moskvada bo‘lib o‘tgan yoshlar festivalida ishtirok etgan. Shu bilan birga 1970 yil respublika qishloq xo‘jaligi xodimlari qurultoyiga delegat etib saylandi. Salomat Isaboevna ishdan ajralmagan holda 1969 - 1975 yillarda Toshkent davlat universitetining tarix fakultetida tahsil oldi. 1975 — 1979 yillarda Namangan shahridagi 16 - va 11- maktablarda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
1979 yildan ToshPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) ijtimoiy fanlar kafedrasida kabinet mudiri sifatida ish boshlagan. 1981 yildan asissent, 1986 yildan katta o‘qituvchi bo‘lib ishlash bilan birga, tarix fanlari doktori, professor G.I. J
kabinet mudiri sifatida ish boshlagan. 1981 yildan asissent, 1986 yildan katta o‘qituvchi bo‘lib ishlash bilan birga, tarix fanlari doktori, professor G.I. Jeltova rahbarligida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining “Vatan tarixi” kafedrasida ilmiy izlanishlar olib borgan. 1991 yilda “Vatan tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Chor Rossiyasining Urta Osiyoni bosib olishi va uning ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy oqibatlarining tarixiy adabiyotlarda yoritilishi muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ToshDUning Ixtisoslashgan ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1993 yildan O‘zbekiston tarixi kafedrasida katta o‘qituvchi, 1994 yildan dotsent lavozimlarida ishlagan. Hozirda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va ama - liyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
S.Karimboeva 30 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy maqolalar muallifidir. U respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy anjumanlarda va mahalliy matbuot nashrlarida o‘zining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
Olima institut xotin - qizlar kengashi raisi si - fatida katta tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5