O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Baxodir Hoshimovich

Fizika matematika fanlari  nomzodi, dotsent

    1949 yil 2 aprelda Farg‘ona shahrida  tavallud topgan. 1970 yili FDPI ning fizika - matematika  fakulteti  fizika bo‘limini  tamomlagach, shu fakultet  o‘qituvchisi  lavozimida ish boshladi.
  1977 - 1980 yillarda Moskva  shahridagi Kristallografiya institutining (IKAN) aspiranturasida  tahsil oldi. 1981 yilda fizika - matematika  fanlari nomzodi ilmiy darajasini  olish uchun “Markazga ega bo‘lmagan kristallarda fotovoltik effekt” mavzusida dissertatsiyani  himoya qildi. 1990 yilda dotsent  ilmiy unvonini oldi.
  B.Karimovning hozirgi qadar 70 dan ortiq ilmiy maqolalari va o‘quv  qo‘llanmalari  chop etilgan. Bir nechta patent muallifidir. Hammualliflikda “Radioelektronika”,”Fotovolticheskie effektiy v kristallax bez tsentra simmetrii”,” Radioelektronika asoslari” asarlari  nashr etilgan. Bugungi kunda doktorlik disertatsiyasini himoyaga tayyorlamoqda. Oxirgi 5 yil davomida muqobil energiya manbalarini yaratish va uni tadqiq etish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
  Hozirda fizika - matematika fakulteti fizika kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5