O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Isroiljon Abdulhayevich

Karimov Isroiljon AbdulhayevichBiologiya fanlari doktori, professor

    Isroiljon Karimov 1952 yil 22 aprelda  Rishtonda  xizmatchi  oilasida  tug‘ilgan.  U 1959 yilda  Rilton  qishlog‘idagi  26 - maktabning 1- sinfiga  o‘qishga  boradi va sakkizinchi  sinfni  bitirgach, Yozyovon  tumanidagi  qishloq  xo‘jalik  texnikumining  agronomiya  bo‘limiga  o‘qishga kirdi. Bu texnikumni  1971 yilda  bitirib chiqgach, harbiy  xizmatga  chaqiriladi. 1972 yilda  harbiy       xizmatni  tugatgach, oz muddat “Rishton” davlat xo‘jaligida xizmatkor - agronom  bo‘lib ishladi. 1973 yilda  Farg‘ona  davlat  pedagogika instituti(hozirgiFarDU) tibbiyot - geografiya  fakultetining  biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limiga o‘qishga kirdi. Yoshligida bo‘lgani kabi ilm olishga qiziqib, institutda fan asoslarini puxta o‘rganishga, ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga, jamoat ishlarida faol bo‘lishga astoydil harakat qildi.
  FDPIni bitirgach, uni institut yoshlar tashkilotida ishga olib qolishdi. Undagi ilm - fanga bo‘lgan salohiyatni payqagan O‘z FA akademigi Avliyoxon Muhammadiyev, ustozlari Alisher Muhammadiyev, E’tiborxon Rahmonova kabilar uning ilmiy sohada shug‘ullanishini maslahat berdilar.
  1979 yili ustozlari yo‘llanmasi bilan Tojikiston Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutiga ishga o‘tdi. Tez orada mazkur institut professori Ahmad Valiyev rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bordi. Nomzodlik ishi bo‘yicha mavzu tasdiqlangach, u Moskvadagi P. Lumumba nomli Xalqlar do‘stligi universiteti professori I. S. Belyuchenko rahbarligida ilmiy tajribalar olib bordi va 1984 yili “Janubiy Amerikada o‘sadigan shirali ozuqa ekinlarini Markaziy Osiyo sharoitida o‘stirishning mahalliylashtirilgan asoslari va uning chorvachilikka ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  Yosh olim ilmiy sohadagi ishlarini davom ettirib, qunt bilan tadqiqot va tajribalar o‘tkazishi natijasida 1992 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli yoqladi. 1995 yilda unga professor ilmiy unvoni berildi.
  2007 yilda Moskva yaqinidagi qishloqda uning rahbarligida “Agro ekologiya” fermer xo‘jaligi tashkil etildi.
  Isroiljon Abdulhayevichning 100 dan ziyod ilmiy monografiya, risola va maqolalari chop etilgan. Ko‘pgina mamlakatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari uni turli mavzularda ma’ruzalar o‘qishga taklif qilganlar. Germaniya, Gollandiya, Misr Arab Respublikasi, Mongoliya, Zimbabve davlatlari olimlari uning nomini hurmat bilan tilga oladilar.
  Professor I.Karimov qisqa, ammo mazmunli umr kechirdi. U o‘zi bilan FDPIda o‘qigan umr yo‘ldoshi Halimaxon aya bilan 4 farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdilar. Isroiljon Abdulhayevichning yorqin xotirasi qalbimizda doimo saqlanib qoladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5