Fizika - matematika fanlari nomzodi
1980 yil 27 iyunda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan. 1998 yilda Farg‘ona davlat universitetining matematika fakultetiga o‘qishga kirgan va uni 2002 yili imtiyozli diplom bilan bilan tamomlagan.
2003 yili Farg‘ona davlat universitetining differentsial tenglamalar ixtisosligi bo‘yicha magistraturasiga o‘qishga kirib, uni 2005 yilda tamomladi va Farg‘ona davlat universitetining amaliy matematika va informatika kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qoldirildi. K. T. Karimov pedagogik faoliyat bilan birga mustaqil ilmiy izlanuvchi sifatida professor A.Q. O‘rinov ilmiy rahbarligida 2010 yilning 17 noyabrida “Ikkita singulyar koeffitsentga ega bo‘lgan aralash tipdagi tenglamalar uchun ichki chegaraviy masalalar” nomli nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
K. T. Karimov 2005 yilning 5 sentyabridan 2011 yilning 3 martiga qadar amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2011 yildan boshlab Farg‘ona davlat universitetining axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i vazifasiga o‘tkazildi.
2011 - 2014 yillari u amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, 2014 yildan boshlab umumiy matematika kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
U talabalarga hisoblash usullari, informatika va axborot texnologiyalari, internet asoslari, hisoblash tizimlarida axborot asoslari kabi fanlardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.
K. Karimov 2013 yili kafedra dotsenti Q. Xolmatov bilan birgalikda “Jarayonlar tadqiqoti”, 2015 yili esa “Matematik modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmalarini nashr ettirdi.