Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1939 yil 13 aprelda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida tug‘ildi. 1962 yilda Andijon davlat pedagogika institutining kimyo va biologiya fakultetini tamomlagandan so‘ng shu yerning o‘zida ilmiy faoliyatini boshladi. Talabaligidayoq biologiya, hususan, etnomologiya fani sirlarini o‘rganishga qiziqa boshlagan. Talabalagidayoq biologiya, hususan, etnomologiya fani sirlarini o‘rganishga qiziqa boshlagan. Talabalik davrida professor G. K. Dubovskiy rahbarligida bedananing asosiy zararkundasi hisoblangan “Fitonomus qo‘ng‘izi va unga qarshi kurash choralari” hamda “Tut ipak qurti ipak ajratuvchi bezining qurt yoshiga qarab rivojlanishi” mavzularida ilmiy maqolalari chop etilgan. Tinimsiz o‘qish va izlanishlar samarasi tufayli N. Karimov 1970 yilda akademik R. Olimjonov rahbarligida “Janubiy O‘zbekistonning yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarida g‘o‘za nihollarining zararkundalari va ularga qarshi ekologik kurash muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1975 yilda dotsentlik unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
1975 yildan boshlab Farg‘ona viloyatii tumanlari, xo‘jaliklarida go‘za zarakunandalariga qarshi kurashda integratsiya usulini ishlab chiqarishga joriy etish borasida ilmiy - amaliy izlanishlar olib bordi. Ayniqsa, Oltiariq tumani xo‘jaliklarida ushbu amaliy ishlar natijasida zararkunandalarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan zaharli ximikatlarining miqdori bir necha marotaba kamayishiga, atrof - muhit ifloslanishidan saqlanishiga erishilgan.
N. Karimov 1970 - 1975 yillarda Janubiy - Sharqiy Qizilqum cho‘llarini hamda Farg‘ona vodiysi etnomofaunasini o‘rganish bo‘yicha qator xalqaro ilmiy ekspeditsiyalarda qatnashgan. 1968 yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon etnomologlar kongressining hamda Toshkent, Sankt - Peterburg, Voronej, Kiev shaharlarida bo‘lib o‘tgan etnomologlar jamiyati s’ezdlari qatnashchisi.
Olimning salkam 12 yillik mehnat faoliyati Toshkent Qishloq xo‘jalik institutining Farg‘ona filiali bilan bog‘landi. U filialda katta o‘qituvchi, dotsent, fakultet dekani, filial direktorining o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab keldi. Yuzlab shogirdlarga murabbiylik qildi. 1987 - 1992 yillari Farg‘ona politexnika institutida ilmiy xodim va institut ilmiy bo‘limi mudiri lavozimlarida mehnat qildi.
1992 - 1998 yillarda Farg‘ona davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i, “Tibbiyot markazi”da kafedra mudiri vazifasini bajardi. 1998 yildan boshlab, hozirgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. N. Karimovning faoliyati davrida FarDU o‘quv bo‘limiga o‘quv - uslubiy boshqarma maqomi berildi. U o‘z faoliyati davomida mehnatsevarligi, printsipialligi bilan universitet jamoasi hurmatini qozondi.
N. Karimov oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sistemasini yaxshi o‘zlashtirgan, o‘quv jarayonini tashkillash masalasida yetuk tajribaga ega mutaxassisdir. U o‘zi ishlagan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning bir qancha samarali texnologiyalarini joriy etishda faol ishtirok etgan. Ilmiy pedagogik faoliyati va jamoatchilik ishlarida faol ishtiroki uchun O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 va 15 yilligi esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. 2 ta ilmiy – ommabop risolalari va 48 ta ilmiy maqolalar muallifidir.