O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Pazliddin

Karimov Pazliddin    Pazliddin Karimov 1952 yil 25 dekabrda Namangan viloyati Namangan tumanidagi Kichik Qurama qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan.
    1967 yili Namangan tumanidagi A.Navoiy nomli 11 - sakkiz yillik maktabni, so‘ngra  tumandagi M.Shayxzoda nomli 3 - o‘rta maktabni bitirgan.
    1970 yili Samarqand davlat universitetiga o‘qishga  kirib, 1975 yili universitetningsh mexanika - matematika fakultetini tamomlagan.
    Ish faoliyatini 1975 yilda Zadaryo( hozirgi Mingbuloq) tumanidagi 15 - maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan.
    1976 — 1989 yillarda o‘qituvchilik faoliyatini Namangan tumanidagi 21 - o‘rta maktabda davom eggirdi.
    1989 — 1992 yillarda O‘zFA “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Kibernetika ilmiy - tekshirish institutida muhandis, so‘ngra ilmiy xodim bo‘lib ishlash bilan birga ilmiy izlanishlar olib bordi.
    P. Karimov 1991 yili professor N. A. Mo‘minov rahbarligida “Boshqariladigan texnologik ob’ekt yengil avtomatlashtirilgan uchastkalarni samarali tanlashni baholash uchun matematik modellarni ishlab chiqish va tadqiq etish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya ktslib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    1992 yildan Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) informatika va AT kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida talabalarga bilim berish bilan birga mexanika fakulteti dekanining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha, keyinchalik iqtisodiyot fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha muovini lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.
    1994 — 1998 yillarda kompyuter markazi boshlig‘i lavozimida ishlab, institut kompyuter parkining sifati va miqtsorining ortishiga munosib hissa qo‘shdi.
    1998 yildan buyon informatika va axborotlar texnologiyasi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.
    P. Karimov mehnat faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola, 25 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar tayyorlab chop ettirgan. Shu jumladan, 2003 yili dotsent S.Irisqulov va katta o‘qituvchi A.Isaboevlar bilan hammualliflikda kasb - hunar kollejlari uchun dasturlash fanidan tayyorlagan o‘quv qo‘llanmasi ayni chog‘da kollejlarda ta’lim jarayoniga keng joriy etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5