O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Shahobiddin To‘ychiboyevich

Karimov Shahobiddin To‘ychiboyevichFizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent

     1964 yil 18 yanvarda Rishton tumanidagi Xurramobod qishlog‘ida tavallud topgan. 1981 yili tumandagi 29 - o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona shahridagi 1 - sonli texnika bilim yurtiga o‘qishga kirgan. Bilim yurtini 1982 yilitokar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, shu yili harbiy xizmatga chaqirilgan.
    U 1984 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirdi va uni 1989 yili matematika, informatika va hisoblash texnikasi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomladi. So‘ng Farg‘ona davlat pedagogika institutida shogird - tadqiqotchi lavozimida ilmiy tadqiqot ishi olib bordi.
    1991 yili O‘zR FA Matematika institutining kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindi. Aspiranturada O‘zR FA akademigi M.S.Salohitdinov va fizika - matematika fanlari doktori, professor A.Q.O‘rinovlar rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. 1994 yili “Aralash tipdagi tenglamalar uchun ikki bog‘lamli sohada nolokal chegaraviy masalalar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    1994 - 2000 yillarda FarDU differentsial tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi va dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib keldi. 2000 yili FarDU tatbiqiy matematika va programmalashtirish kafedrasi mudiri, 2002 yili axborot texnologiyalari va masofaviy ta’lim markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 2003 yilda tatbiqiy matematika va programmalashtirish kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. 2007 yildan boshlabamaliy matematika va informatika kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. 2007 yildan boshlab amaliy matematika va informatika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2011 yildan boshlab esa umumiy matematika kafedrasi mudiri etib tayinlangan. 2014 - 2017 yillarda katta ilmiy xodim - izlanuvchi, 2018 yil 1 yanvardan esa FarDU matematika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
    Sh.Karimov hozirga qadar 100 dan ziyod ilmiy - uslubiy maqola va tezislar chop ettirgan. U 20 dan ortiq xalqaro, respublika miqyosidagi ilmiy anjuman va simpoziumlarda ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashgan. Jumladan, 1996 yidi Qozog‘iston matematiklari sezdida, 2012 yili Rossiya Federatsiyasining Nalchik shahrida bo‘lib o‘tgan II Rossiya - O‘zbekiston xalqaro simpoziumida ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
    Hozirda professor A.O‘rinov konsultantligida “Erdeyi - Kober operatorlari va ularning xususiy hosilali differentsial tenglamalarga tatbiqlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5