
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1951 yil 1 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Churindi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1968 yilda 25 - o‘rta maktabni tamomlab, tumandagi jamoa xo‘jaligida ishladi. 1969 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining tibbiyot - geografiya fakultetiga o‘qishga kirdi va 1974 yili imtiyozli diplom bilan tamomladi. Yo‘llanma bilan Buvayda tumanidagi 5 - mktabga ishga jo‘natildi.
1976 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutiga ishga taklif qilindi.
1977 - 1979 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fiziologiyasi instituti aspiranturasida o‘qidi.1980 yil yanvaridan FDPI qishloq xo‘jaligi asoslari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlay boshladi. 1981 yilda “Vliyanie krtakovremennogo i dlitelnogo vozdeystviya viysokoy temperaturiy na energeticheskiye resursa organizma kriys” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaiyatli himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 1987 yili dotsentlik ilmiy unvonini oldi.
1982 yilda fakultet dekanining sirtqi bo‘lim bo‘yicha o‘rinbosari, 1983 -2005 yillar davomida odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi mudiri, kafedra dotsenti lavozimlarida samarali mehnat qildi.
V. A. Karimov 2005 - 2011 yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti tibbiyot fakulteti dekani lavozimida ishladi. Mazkur yillar davomida fakultetning moddiy - texnik bazasini yaxshilash, axborot tili texnologiyalari bilan jihozlash hamda yosh ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash ishlariga munosib rahbarlik qildi. Uning hozirga qadar 190 dan ortiq ilmiy va ilmiy - ishlari elon qilingan. Hozirda zoologiya kafedrasi dotsenti lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.