O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimov Xoshim Xudoyberdievich

Karimov Xoshim XudoyberdievichFizika kafedrasi dotsenti

     1914 yil 1 yanvarda tavallud topgan. 1934 yilda  maktabni  bitirib, Samarqand  shahridagi irrigatsiya - melioratsiya texnekumiga  o‘qishga  kirgan. 1938 yili  texnikumni  bitirgandan so‘ng  mutaxasisligi bo‘yicha  To‘rtko‘lga  ishga jo‘natilidi va 1940 yili  Farg‘onaga ishga  taklif qilindi. Shu yili Farg‘ona  davlat pedagogika  instituti  fizika - matematika fakultetiga  o‘qishga kiradi. Ikkinchi jahon  urushi  boshlaganligi sababli 1941 yili  mehnat  frontida xizmat qildi. Xizmatdan  so‘ng  qaytib kelib, o‘qishni davom ettirdi. 1945 yili institutni  tamomlagan X. Karimov Farg‘ona  davlat  pedagogika  institutining fizika  kafedrasi asssistenti  lavozimiga  ishga qoldirildi. 1949 - 1962 yillari fizika  kafedrasi  o‘qituvchisi , katta o‘qituvchisi, 1962 - 1969 yillari fizik kafedrasi  mudiri  lavozimlarida  ishladi.
    1971 yil 26 noyabrda Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan unta ilmiy - pedagogik ishlari uchun dotsent ilmiy unvoni berildi. 1971 - 1986 yillarda fizika kafedrasi dotsenti lavozimida faol mehnat qildi. U o‘zining 41 yillik ish faoliyati davomida talabalarga dars berish bilan birga, ilmiy - tadqiqot, laboratoriya ishlariga ham rahbarlik qildi. Ayniqsa, laboratoriya eksperimenta va demonstratsiya ishlariga katta e’tibor berdi. Shu bilan birga, laborantlarga ustozlik qilib, ularga o‘quv eksperimenta texnikasi va metodikasini egallash bo‘yicha ko‘rsatmalar berib bordi. Elektro dinamika bo‘yicha100 dan ortiq eksperimental ishlar qilgan. 50 dan ortiq maqolalari va “Novie issledovaniya dvijushix sil magnitnogo polya” (Toshkent, “Fan”) monografiyasi chop etilgan. R.G.Sigalov bilan birga qilgan ishlari dunyo olimlari tomonidan tan olinib, 30 dan ortiq mutaxassislar institut ilmiy laboratoriyasiga kelib, ishlar bilan tanishishgan. Elektro dinamika bo‘yicha qilingan ishlarga fizika - matematika fanlari doktori G.M.Avakyants, texnika fanlari doktorlari O.A.Chembrevskiy va V.T.Desyatkov, fizika matematika fanlari kandidata L.A.Drujkin, texnika fanlarinomzodi V.S.Okolotin, Belorussiyaning fizika - texnika instituta muhandisi N.P.Ivanov va boshqalar ijobiy takriz berishgan. Elektro dinamika rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun Moskva shahridagi “Tabiatni tadqiq etish” ilmiy jamiyatining haqiqiy a’zosi etib saylangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5