O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Karimova Faridaxon

    Karimova Faridaxon 1959-yil oktyabrda Norin tumanidagi Uchtepa qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1966-yil Uchtepadagi 38-o‘rta maktabga o‘qishga kirdi. Bola tarbiyasida oilaviy muhitning ham muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Faridaxon o‘sgan xonadon ma’rifatli xonadon edi. Ota-onalari, amakilari qishloqning yetuk ziyolilari, san’at, adabiyot ixlosmandlari bo‘lganliklari bois farzand tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarardilar. Ularning xonadonida qishloq ziyolilari ko‘pincha yig‘ilishib, suhbat qo‘rardilar. Adabiyotga bo‘lgan qiziqish uni o‘rta maktabni tugatgach, ToshDU ning filologiya fakultetiga o‘qishga yetakladi. 1981 yil universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlab, yo‘llanmani Toshkent Davlat madaniyat institutining Namangan filialiga oldi. Faridaxon navoiyshunos olim professor A.Hayitmetov rahbarligida «o‘zbek adabiyotida debocha» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bordi va 1993- yilning 27-oktyabrida uni muvaffaqiyatli himoya qildi. Karimova Faridaxon hozirgi kunda Namangan Davlat universitetida «o‘zbek adabiyoti» kafedrasini boshqarmoqda. «O‘zbek adabiyoti tarixi», «Adabiyot nazariyasi» fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Faridaxon xushmuomalaligi, kamtarligi, mehnatsevarligi, talabchan va izlanuvchanligi bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida katta obro‘ qozongan. Uning o‘ttizga yaqin ilmiy va uslubiy, axloqiy- ma’rifiy maqolalari respublika jurnallarida, qator ilmiy to‘plamlarda bosilgan. Hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkamlash borasida pedagoglar, xususan, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodi ma’naviyatimizning ajralmas bir bo‘lagidir. Shu bois u o‘zbek adabiyotidan chuqur ilmiy, materiallarga boy, mazmunli va qiziqarli ma’ruzalar o‘qishga, turli adabiy kecha va tadbirlar o‘tkazishga harakat qiladi. Viloyat, universitet va fakultet miqyosida o‘tkazilgan navoiyxonlik, boburxonlik, mashrabxonlik, ogahiyxonlik kechalari, shuningdek, zamondosh ijodkorlarimizning tavallud ayyomlari munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar shular jumlasidandir. Faridaxon oilali. Turmush o‘rtog‘i Ikromjon viloyat IIB xodimi. Ikki nafar farzandlari bor. Inson hamisha orzular qanotida yashaydi, to‘kislikka intiladi. Har bir ayol orzu qilgan to‘kis baxt Faridaxonni bir umr tark etmasin.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar50



Filologiya10